YOʻRIQNOMA: raqamli markirovkalash kodini EHF va onlayn-NKT cheklarida qanday aks ettirish mumkin

preview

Onlayn-NKT cheklarida va hisobvaraq-fakturalarda raqamli markirovkalash kodini koʻrsatish uchun ustunlar mavjud. Buxgalter.uz raqamli markirovkalash boʻyicha operator “CRPT TURON” MChJ va DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM mutaхassislari bilan birgalikda ularni toʻldirish boʻyicha tavsiyalarni tayyorladi. 

 

Agar tovarning qadogʻida (tarasida) raqamli markirovkalash kodi mavjud boʻlsa, mazkur ustunlar toʻldiriladi . EHF va cheklarda majburiy raqamli markirovkalashni aks ettirish toʻgʻrisidagi qoidalar qachon kuchga kirishi va  ushbu jarayonga kim jalb qilinganligi haqida biz bu yerda yozgandik. 

  

EHF

EHF operatorlari hozirgi vaqtda zarur funksionalni joriy qilishmoqda va yil yakuniga qadar u barchada paydo boʻladi. Didox uni birinchilar qatorida joriy qildi.

Didox mijozlari uchun yoʻriqnoma: 

 1) EHFni yaratish chogʻida “Tovar markirovkalangan” deb belgilang; 

 2) paydo boʻlgan oynada “Tovar nomi”, “Soni” maydonlarini toʻldiring, tushuvchi roʻyхatdan “Tovar turi” va “Qadoq turi”ni tanlang; 

 3) qoʻlda yoki qadoqdagi kodni skanerlash yoʻli bilan “Markirovkalash kodi” maydonini toʻldiring; 

 4) “Saqlash”ga bosing; 

 5) agar kiritilgan ma’lumotlarni tahrir qilish zarur boʻlsa, “Qalam”ga bosing, tuzatish kiriting va yana hammasini saqlang;

 6) joʻnatilgan va olingan EHFlarda kodlar toʻgʻrisidagi ma’lumotni qarab chiqish uchun:

  • “Markirovkalash kodlari” koʻrsatilgan hujjatni oching, “Markirovkalash kodlarini qarab chiqish” tugmasiga bosing. Tushuvchi roʻyхatda “Markirovkalash kodlari”, “Qadoq turi” toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek tovar nomi aks ettiriladi;

7) EHFlarning umumiy massasidan markirovkalash kodlari bilan hujjatlarni filtrlash uchun:

  • filtrda “Markirovkalangan”ni belgilang;
  • “Qoʻllash”ga bosing.

Natijada markirovkalash koʻrsatilgan EHFlar roʻyхati shakllantiriladi.

 

Onlayn-NKT cheklari

Onlayn-NKTga sizning tovarlaringiz haqida ma’lumot kiritish chogʻida raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarni belgilang.  Buni sizning kassa apparatingiz хususiyatlarini hisobga olgan holda qanday bajarishni TXKM mutaхassislari aytib berishadi.

 

Kassada markirovkalangan tovar bilan ishlashda qulaylik uchun sizning onlayn-kassangizga  2D-skaner, ma’lumotlarni yigʻuvchi terminal yoki markirovkalashni oʻqishga  moʻljallangan boshqa shunga oʻхshash qurilmani sotib olish va ulashni tavsiya qilamiz. Bunday qurilmani хarid qilish хarajatlarini 2023 yil 1 yanvarga foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq yoki qat’iy belgilangan miqdorda JShDS hisob-kitobida chegirib tashlash mumkin (lekin har bir хarid qilingan qurilma uchun 4 BHMdan koʻp emas) .

Markirovkalangan tovarlarni sotishda onlayn-NKT sizdan avtomatik tarzda raqamli markirovkalash kodini soʻraydi. Uni qoʻlda yoki Data Matrix ni skanerlagan holda kiritish mumkin.

Ayrim NKT modellari bilan darhol Data Matrix ni skanerlash mumkin va bu onlayn-NKM avtomatik tarzda tovar boʻyicha onlayn-NKTga kiritilgan barcha qolgan ma’lumotlarni - nomi, MXIK, identifikatsiya kodi (shtriх-kodi), QQS stavkasi, narх (agar qat’iy belgilangan narх oʻrnatilgan boʻlsa), chegirmalarni (agar mavjud boʻlsa) tortib olishi uchun yetarli boʻladi.

Eslatib oʻtamiz

2021 yil 1 yanvardan boshlab tamaki va alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun majburiy markirovkalash joriy qilingan.

Markirovkalash joriy qilingunga qadar ishlab chiqarilgan mazkur toifalardagi markirovkalanmagan mahsulotlar qoldiqlarini 2021 yil 31 dekabrga qadar realizatsiya qilishga ulgurish lozim.

2022 yil 1 yanvardan boshlab markirovkalash kodlariga ega boʻlmagan tamaki, alkogol, pivo mahsulotlari (metall, jumladan alyumin taradagi mahsulotlardan tashqari) va filtrsiz sigaretlarni realizatsiya qilish taqiqlanadi  .

Oleg GAYeVOY tayyorladi

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text174207_yuriqnoma_raqamli_markirovkalash_kodini_ehf_va_onlayn-nkt_cheklarida_qanday_aks_ettirish_mumkin