DSQ: yetkazib beruvchilar QQS boʻyicha imtiyozni goʻsht, baliq va kartoshkaga qoʻllashlari shart

preview

10 dan 26 oktyabrga qadar goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlari, kartoshka va muzlatilgan baliqni yetkazib berish boʻyicha oldi-sotdi bitimlarini tuzgan tadbirkorlar mazkur davr uchun SKning 483-moddasi 9-qismida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllash uchun tuzatilgan EHFni topshirishga haqlilar. DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV bu haqda batafsil gapirib berdi: 

 

-  2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrga qadar goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlari, kartoshka, muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar va mamlakatga olib kirish QQSdan ozod qilingan. Imtiyoz 2021 yil 26 oktyabrdan  kuchga kirgan OʻRQ-725-son Qonuni bilan joriy etilgan.

Qonunning oʻzida uning qoidalari 2021 yil 10 oktyabrdan kelib chiqadigan munosabatlarga ham tatbiq etilishi  koʻzda tutilgan. Xususan - goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlari, kartoshka va muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarni QQSdan ozod qilish toʻgʻrisidagi norma belgilangan.

Shu tariqa, 2021 yil 10 dan 26 oktyabrgacha boʻlgan davrda - OʻRQ-725-son Qonuni e’lon qilungunga qadar QQS bilan hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirganlar oʻz хaridorlari bilan kelishgan holda SKning 257-moddasi 4-qismi asosida yuqoridagi tovarlar uchun QQSsiz hisobvaraq-fakturalarni taqdim qilishga haqli. Bunday holda, хaridorlarning soliq hisobotida avval hisobga olingan QQS summalariga avtomatik ravishda tuzatish kiritiladi. Yetkazib berish boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar yakunlangan boʻlsa, u holda yetkazib beruvchilarning хaridorlari oldida QQS summasiga qarzdorligi hosil boʻladi.

2021 yil 26 oktyabrdan boshlab imtiyozli tovarlarni yetkazib beruvchilar SKning 75-moddasi 6-qismi asosida QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllashlari va hisobvaraq-fakturalarni QQSsiz rasmiylashtirishlari shart. Ushbu talabni buzish SKning 225-moddasiga binoan yetkazib beruvchiga nisbatan jarima solinishiga sabab boʻlishi mumkin.

Bunday imtiyozli tovarlarni realizatsiya qilishda EHFlarda  QQS boʻyicha imtiyozni (ID -8220) va ushbu tovarlar MXIKni aks ettirish imkoniyati yaratilgan. Masalan:

  • mol goʻshti (MXIK - 00201001001000000);
  • qoʻy goʻshti (MXIK - 00204001001000000);
  • tovuq goʻshti (MXIK - 00207001001000000);
  • kartoshka (MXIK - 00701001001000000);
  • muzlatilgan baliq (MXIK - 00303001999000000).

Manba.

 

Tahririyatdan

Chakana narхlarda realizatsiya qilingan tovarlarga nisbatan SKning 483-moddasi 9-qismida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllash masalasi hozircha ochiq qolmoqda. Soliq toʻlovchilar onlayn-NKT ma’lumotlariga qanday qilib tuzatish kiritishni tushuntirishni soʻrashmoqda.

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text174382_dsq_etkazib_beruvchilar_qqs_buyicha_imtiezni_gusht_baliq_va_kartoshkaga_qullashlari_shart