Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Ye-ijara da shartnomani roʻyхatdan oʻtkazish muammolari va ijara shartnomasining haqiqiyligini tekshirish
DSQ koʻchmas mulk ijara shartnomasi haqiqiyligini qanday qilib tekshirish toʻgʻrisidagi eslatmani e’lon qildi. Mazkur idora shuningdek nima uchun tadbirkorlik sub’yektida ye-ijara da shartnomani roʻyхatdan oʻtkazish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelishi sabablarini izohlab berdi.
Shartnomaning haqiqiyligi
Shartnomaning haqiqiyligini bilish uchun, uni soliq organlarida roʻyхatga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada QR-kodni smartfoningiz bilan oʻqing. Mazkur kod ijaraga beruvchi tomonidan ijara.soliq.uz ga kiritilgan ma’lumotlarni ijarachi tasdiqlaganidan soʻng, avtomat tarzda tizim tomonidan shakllantiriladi.
Shundan soʻng siz shartnoma mazmuniga havolani qabul qilasiz. Agar ushbu ma’lumotlar taqdim etilgan shartnomaga mos kelsa, demak u haqiqiy.
Har ehtimolga qarshi ijaraga beruvchiga va ijarachiga ye-ijara da roʻyхatga olish guvohnomasining elektron va (yoki) chop etilgan nusхasini saqlab qoʻyishlari tavsiya etiladi.
Bu ye-ijara tizimida tegishli ma’lumotlarni izlashda yordam beradi.
Roʻyхatga olish
Ijara.soliq.uz test rejimida ishlaydi, dasturchilar soliq toʻlovchilardan tushgan shikoyatlarni hisobga olgan holda uni qayta ishab chiqishyapti. Koʻchmas mulkni ye-ijara da ijaraga berish va undan begʻaraz foydalanish shartnomasini roʻyхatga olish 2022 yil 1 yanvardan boshlab majburiy hisoblanadi
, bu muddatga qadar barcha kamchiliklar bartaraf etiladi.
Xususan, “Ijara toʻgʻrisidagi” Qonunning 8-moddasiga muvofiq ijarachi ijaraga olingan koʻchmas mulkning bir qismini uchinchi tomonga ikkilamchi ijaraga berishi mumkin. VMQ-№ 595, 3-bandidan kelib chiqib, bunday shartnomalarni ham ye-ijara da roʻyхatdan oʻtkazib qoʻyish lozim. Hozir mazkur resursni shu yoʻnalish boʻyicha takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, dasturning ba’zi foydalanuvchilarga shartnomani roʻyхatga olish imkonini bermaydigan boshqa kamchiliklari bartaraf etilmoqda
(Ijarachilarning ma’lumotlarini joʻnatishga urinish boʻlganda, tizim «Yuborilmoqda» deb yozadi va ular joʻnatilmay qoladi....”, “Ijarachi ijaraga beruvchi tomonidan tizimga kiritilgan ma’lumotlarni koʻrmaydi...” va boshqalar).
Bu yerda hamda bu yerda manbalarga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi