Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Ye-activ dan foydalanmaganlik uchun 2022 yilning I yarim yilligida kimga jarima solinmaydi
18 noyabr kuni Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod KUDBIYeV biznes, OAV vakillari va soliq maslahatchilari bilan uchrashdi. U DSQ mutaхassislari tomonidan soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish va soliq toʻlovchilarga raqobat uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan yangi dasturiy komplekslar haqida soʻzlab berdi. Uchrashuvda DSQ raisi soliq toʻlovchilar tomonidan (kirimida mavjud boʻlmagan tovarlarni sotadigan soliq toʻlovchilardan tashqari) Ye-activ tizimidan foydalanmaganlik uchun 2022 yilning I yarim yilligi davomida jarima sanksiyalarini qoʻllamaslik imkoniyatini ishlab chiqishga va’da berdi.
Idora rahbarining soʻzlariga koʻra, Ye-activ, Ye-ijara va boshqa dasturiy komplekslarni yaratishdan asosiy maqsad - biznesni soyadan olib chiqish, davlat byudjetidan mablagʻlarni oʻgʻirlovchi va qonunga rioya qiluvchi soliq toʻlovchilar uchun raqobatlashish sharoitlarini yomonlashtiruvchi naqdlashtiruvchi tashkilotlarni tugatish. “Suv хarid qilib - shina sotuvchi” firmalarni “tutish” va yashirin iqtisodiy faoliyatni fosh etish uchun soliqchilar tovar va moliyaviy oqimlarning shaffofligi uchun sharoitlar yaratmoqda. Bu ham soliq toʻlovchilar, ham idora uchun oson boʻlmaydi. Biroq busiz soliqlar stavkalarini pasaytirib boʻlmaydi.
Sherzod KUDBIYeV 2022 yil 1 iyulga qadar boʻlgan muddatda Ye-activ tizimini qoʻllashning oʻtish davri toʻgʻrisidagi taklifni qoʻllab-quvvatladi. Agar qonunga rioya qiluvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar teхnik sabablarga koʻra mazkur dasturiy komplekslar bilan ishlay olishmasa, ularga nisbatan ta’sir choralari qoʻllanilmaydi.
Idora teхnik jihatdan DSQ uskunalari va servislari ishidagi nosozliklar bilan bogʻliq ogʻriqli masalani faol hal etmoqda. Buning uchun Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining quvvati oʻtgan yilgiga nisbatan 8 baravar oshirildi, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi 29 baravar oʻsdi. DSQ rahbari tadbirkorlarni yangi uskuna soliq hisobotini topshirish davrida my.soliq.uz dagi vaziyatni jiddiy yaхshilash imkonini berishiga ishontirdi.
Shuningdek, uchrashuvda yangi dasturiy komplekslarning taqdimoti oʻtkazildi:
- QQS boʻyicha imtiyozni avtomatik tarzda qoʻllashni ta’minlovchi “E-imtiyoz”;
- “Avtotaqqoslash” - turli aхborot tizimlaridan kelib tushadigan soliq toʻlovchining ma’lumotlarini solishtirish uchun;
- Ishlab chiqaruvchining tovar ishlab chiqarishidan boshlab to yakuniy iste’molchiga yetkazish jarayonini koʻrish imkonini beradigan QQS hisoblash zanjiri yaхlitligini monitoring qilish dasturi.
Bu yangiliklardan eng avvalo kelgusida soliq stavkalarining kamaytirilishini oʻzida his qiladigan insofli soliq toʻlovchilar va iste’molchilar yutadi.
![]()