Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Hisob siyosatida nazarda tutilmagan QQSni hisobga olish usulini qanday qoʻllash mumkin
Goʻsht mahsuloti QQSdan ozod qilinishi belgilangan OʻRQ-725-son Qonun qabul qilingandan keyin korхonada QQSni hisobga olishning alohida-alohida usulini qoʻllashni eng maqbul usul deb hisoblashdi. Biroq korхona yil boshidan buyon hisobga olishning mutanosib usulini qoʻllagan, bu hisob siyosatida yozilgan. Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA buning yechimini aytib berdi:
– “Hammasi ham bunchalik oson emas, biroq hatto bu vaziyatda ham davlat tomonidan taqdim etilgan imtiyozlarni toʻliq hajmda qoʻllash mumkin.
Hisobga olish usuli - korхona hisob siyosatining bir qismi. SKning 77-moddasiga asosan hisob siyosatini oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish muddatlaridan qat’i nazar oʻzgartirilgan usulni siz faqat yangi - 2022 yildan qoʻllashingiz mumkin.
Buning ustiga QQS ma’muriyatchiligi va DSQ aхborot tizimlari shunday sozlanganki, hisobga olish usulini faqat yil boshida oʻzgartirish mumkin.
Bunda 2021 yil boshida soliq toʻlovchilar qator oziq-ovqat tovarlarini, shu jumladan goʻshtni QQSdan ozod qiladigan qonunlar qabul qilinishini bilishmagan. Binobarin, korхona avvalboshdan oʻzining hisob siyosatiga hisobga olishning oʻzi uchun maqbul usulini kiritishi mumkin emasdi. Bu yanvarda soliq boʻyicha hisobotni qayta topshirish uchun ancha uzrli asos deb hisoblayman. 2022 yil uchun hisob siyosatida sizda QQSni hisobga olishning alohida-alohida usuli kiritilgan taqdirda buning imkoniyati boʻladi.
Hozir 2022 yil uchun korхonaning hisob siyosatini oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish ustida ishlashning ayni payti.
SKning 77-moddasiga asosan soliq solish maqsadlarida hisob siyosatini oʻzgartirish va (yoki) unga qoʻshimchalar kiritish quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshirilishi mumkin:
1) yangi hisob siyosatini yoki uning yangi boʻlimini tasdiqlagan holda;
2) buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan amaldagi hisob siyosatiga yoki amaldagi hisob siyosatining boʻlimiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritgan holda.
Soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosati (S’HS) soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda erkin shaklda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatni ishlab chiqishda goʻsht yetishtiruvchilar QQSdan faqat 2021 yil yakuniga qadar ozod etilganligini unutmang.
Yangi yilda soliq hisobotini topshirishda dasturda sizning hisob siyosatingizda koʻrsatilgan hisobga olish usulini koʻrsatishni ham unutmang”.
Oleg GAYeVOY tayyorladi