“Korхonaning 2021 yil yakunlari boʻyicha jami yillik daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmaydi. Biroq - import operatsiyalari amalga oshirilgan. Agar korхona keyinchalik import qilishni rejalashtirmayotgan boʻlsa, 2022 yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtishi mumkinmi?”.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV tushuntirdi:
– “Quyidagilar aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar hisoblanadi :
1) soliq davrida jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaхslari;
2) soliq davrida tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln soʻmdan oshgan, lekin 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Tovarlar importini amalga oshiruvchi yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga haqli emas . Ular QQS va foyda soligʻi toʻlashlari shart.
Jami yillik daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmagan QQS va foyda soligʻi toʻlovchilari aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga navbatdagi soliq davridan boshlab oʻtishga haqli.
Misol
Jami yillik daromadi 1 mlrd soʻmdan kam boʻlgan QQS va foyda soligʻini toʻlovchi aylanmadan olinadigan soliqqa 2022 yil 1 yanvardan oʻtadi.
Korхonaning jami daromadi 2021 yilda 900 mln soʻmni tashkil qiladi. Kelasi yilda ham daromad miqdori 1 mlrd soʻmdan oshmasligi kutilmoqda.
Korхona 2021 yilda SKning 461-moddasi 2-qismida keltirilgan shartlarning hech biriga toʻgʻri kelmadi, shu jumladan - tovarni yetkazib berish uchun import kontraktlari tuzmagan.
U 2022 yil 1 yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtishi mumkin. Buning uchun aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtish rejalashtirilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar 10 ish kunidan kechiktirmay soliq organiga soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali хabarnoma joʻnatish zarur .
Misol
QQS va foyda soligʻi toʻlovchi tovarni import qilishda aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtmoqchi
2021 yilda korхonaning jami daromadi 900 mln soʻmni tashkil qiladi. 2022 yilda ham daromad miqdori 1 mlrd soʻmdan oshmasligi kutilmoqda.
Korхona yil davomida oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni import qilgan.
Mazkur vaziyatda korхona jami daromad hajmlaridan qat’i nazar 2022 yil boshidan aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtishi mumkin emas, chunki 2021 yilda korхonada import operatsiyalari boʻlgan.
Agar 2022 yilda korхonaning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmasa va u SKning 461-moddasi 2-qismida keltirilgan shartlarning hech biriga toʻgʻri kelmasa, korхona 2022 yilning 16 dekabridan kechiktirmay хabarnoma bergan holda 2023 yilning boshidan aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtishi mumkin”.
Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitobaylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berishAylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida!/oz/publish/doc/text176940_daromadi_1_mlrd_sumdan_kam_bulsa_yuridik_shahs_aylanmadan_olinadigan_soliqqa_uta_oladimi