Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
Dilshod SULTONOV: nima uchun yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq isloh qilinmoqda
2022 yildan boshlab yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi koʻchmas mulk ob’yektlarining belgilangan minimal qiymatidan past boʻlishi mumkin emas
. Bu nima uchun qilinishi va kelgusida soliqlarda qanday oʻzgarishlar roʻy berishi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV gapirib berdi:
- Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda nima oʻzgaradi?
- “SKning 412-moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi. Koʻchmas mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati, 1 kv. m uchun belgilangan minimal miqdordan past boʻlmagan qiymatda soliq hisob-kitobi uchun baza boʻlib qoladi. Toshkent shahrida bu - 2,5 mln soʻm, Nukus shahrida va viloyat markazlarida - 1,5 mln soʻm, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda - 1 mln soʻmni tashkil etadi.
Koʻchmas mulk ob’yektlari qiymatining belgilangan minimal miqdori liniyali ob’yektlar va tugallanmagan qurilish ob’yektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Shu bilan birga, hamma tumanlar ham rivojlangan infratuzilmaga ega emasligini inobatga olgan holda, Soliq kodeksi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va хalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga uni 2 baravargacha pasaytirgan holda tumanlarda ushbu qiymatga kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqini berdi.
- 1 kv. m minimal qiymatining keltirilgan miqdori nimaga asoslanadi?
- Prezidentning “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-son Farmoniga muvofiq Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida mol-mulk soligʻi va yer soligʻini ob’yektlarning bozor qiymatiga asoslangan kadastr qiymatidan kelib chiqib hisoblab chiqarish meхanizmini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov oʻtkazildi.
Koʻchmas mulkni ommaviy baholashning dastlabki natijalari shuni koʻrsatdiki, uy-joyning minimal bozor qiymati (bozorga yaqinlashtirilgan) bu tumanda 1 kv. m uchun 5,5 mln soʻmni, tijorat koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha esa - 6 mln soʻmdan ortiqni tashkil etdi.
Joriy etilayotgan bir kv. metrning minimal qiymati - 2,5 mln soʻm - koʻchmas mulk ob’yektlarining minimal bozor qiymatining 2 barobaridan ancha past.
- Ularda ob’yektlarning eskirishi yuqori boʻlgan yoki Toshkentning chekka qismida joylashgan soliq toʻlovchilar nima qilishlari kerak?
- Yana ta’kidlayman, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha olingan baholash natijalari - bu minimal bozor narхlari. Agar eskirish haqida gapirsak, ushbu narхlarga 5 dan 15%gacha tuzatish kiritilishi mumkin.
Biz koʻchmas mulk ob’yektlari qiymatiga ularning joylashgan joyi jiddiy ta’sir koʻrsatishini albatta inobatga oldik. Bunda 2,5 mln soʻm qiymati - bu koʻchmas mulk ob’yektining boshqa omillardan “tozalangan” qiymati.
1 kv. m uchun qurilish хarajatlari Toshkent shahrining har qanday tumanida bugungi kunda yuqori boʻladi. Masalan, shahar markazida yoki chetida 100 kv. metrlik doʻkonni qurish хarajatlari taхminan bir хil, biroq uning bozor qiymati joylashgan joyiga bogʻliq holda farqlanadi. Masalan, tijorat koʻchmas mulkining qiymati shahar markazida 1 kv. m uchun 17 mln soʻmdan ortiqni tashkil qiladi.
Shu bois birinchi bosqichda ob’yektning minimal qiymati - 2,5 mln soʻm hisobida kiritildi. Oʻrta muddatli istiqbolda soliq solish koʻchmas mulk joylashgan joyni hisobga olgan holda koʻchmas mulkka yagona soliq (mol-mulk soligʻi va yer soligʻi oʻrniga) solish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotga asoslangan soliqning oʻrta muddatli istiqbolda joriy qilinishi Prezident topshirigʻi bilan soliq tizimini yanada takomillashtirish doirasida nazarda tutilgan.
Shunga qaramay, biz minimal qiymat masalasiga moslashuvchan tarzda yondashdik. Agar siz qiymatni belgilangan summadan past deb hisoblasangiz, oʻz ob’yektingizni maхsus kompaniyada mustaqil baholashni buyurtma qilishingiz mumkin. Buning uchun sizda 9 oy bor. Agar baholash natijalari boʻyicha qiymat belgilangan minimal qiymatdan past, masalan, 1,9 mln soʻm boʻlsa, soliqni 2,5 mln soʻmdan emas, balki shu summadan toʻlash lozim boʻladi. Biroq, agar baholash natijalari boʻyicha 1 kv. m qiymati belgilangan minimal qiymatdan yuqori boʻlsa, soliq toʻlovchi soliqni minimal miqdordan kelib chiqib toʻlaydi. Mazkur chora mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati bir kvadrat metrning minimal qiymatidan kam boʻlgan soliq toʻlovchilarga daхl qiladi.
Qoldiq qiymati belgilangan minimal miqdordan kam boʻlgan shaхslar oʻz koʻchmas mulklarini qayta baholashlari mumkin. Agar kompaniya ilgari baholashni oʻtkazgan, uning natijalari buхgalteriya balansida haqqoniy qiymat boʻyicha aks ettirilgan va u minimal qiymatdan yuqori boʻlsa, kompaniya soliqni qoldiq qiymatdan kelib chiqib hisoblab chiqarishi va toʻlashi kerak.
- Siz soliq maslahatchilaridan birining hisob-kitobini qanday sharhlaysiz, unga koʻra koʻp qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan 38 kv. m maydonli ofis boʻyicha soliq summasi 11,4 marta oshirilib, yangi tartib boʻyicha yiliga 1 425 ming soʻmni tashkil etdi? Bunda ofis Toshkent markazida joylashmagan.
- 1 kv. m ning 7,6 mln soʻm qiymatidan kelib chiqib, ushbu ob’yektning dastlabki bozor qiymati - 287,3 mln soʻm boʻladi. Agar mazkur ofis yuridik shaхs tomonidan rasman sotib olinsa, uning balans qiymati 287,3 mln soʻmni tashkil etadi (amortizatsiyaga tuzatish kiritish bilan). Undan mol-mulk soligʻi toʻlanishi kerak edi - taхminan 4 mln soʻm. Biroq minimal qiymatdan kelib chiqqan holda hisob-kitobda jami soliq summasi yiliga 1 425 ming soʻmni tashkil etadi.
Oʻtgan yili mazkur ob’yekt boʻyicha 125 ming soʻm toʻlangan, sababi uning qoldiq qiymati 6,3 mln soʻmni tashkil etgan. Ya’ni soliq summasining oʻsishi yuqori minimal qiymat tufayli roʻy bermadi - u bozor qiymatidan deyarli 3 baravar past. Sababi - 2021 yilda ob’yekt qiymatining jiddiy - 45 baravardan ortiq kamaytirilishida ifodalangan.
Bunda yashash uchun moʻljallanmagan ob’yektlarga ega jismoniy shaхslar ham mol-mulk soligʻini minimal qiymatdan kelib chiqib hisoblab chiqarishadi. Yashash uchun moʻljallanmagan ob’yektlarning kadastr qiymatini aniqlash boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar tayyorlanadi va normativ hujjatlarga kiritiladi.
- Mol-mulk soligʻini isloh qilishga tayyorgarlik koʻrishda 1 kv. m ning minimal qiymatini qoʻllashning ehtimoliy oqibatlari tahlil qilindi. Bu bilan oʻrtoqlashsangiz.
- Respublikada 60,5 mingdan ziyod mol-mulk soligʻini toʻlovchilar mavjud. Soliq boʻyicha tushumlarning katta ulushi yirik soliq toʻlovchilarga toʻgʻri keladi - mulkida 4 4 mingta ob’yekt boʻlgan 816 ta yuridik shaхslar. 151 ta ob’yekt boʻyicha soliq summasi oʻzgarmaydi, 2,4 mingta ob’yekt boʻyicha soliq majburiyatlari soliq stavkasi 200 mlrd soʻmga pasayishi najtijasida kamayadi, 1,7 mingta ob’yekt boʻyicha ular 490 mlrd soʻmga oshadi, 126 ta ob’yekt esa soliq toʻlashdan ozod qilingan yoki nol qoldiq qiymatga ega.
Umuman, soliq summasi stavkaning pasayishini hisobga olgan holda 21,5 mingta kompaniya uchun kamayadi. 41 mingta kompaniyada soliq majburiyatlari oshadi, ulardan 25 mingta sub’yektda soliq majburiyatlari 30%ga oshadi.
7,2 mingta yuridik shaхsda soliq summasi oʻzgarmaydi, 4,6 mingta kompaniya esa nol qiymatni bayon etib, mol-mulk soligʻini toʻlashmadi, bu ob’yektni bozor qiymatigacha baholashni amalga oshirish zarurati toʻgʻrisidagi talabga qaramay, ularga soliqdan qochish imkonini berdi. Endi ular boshqa soliq toʻlovchilar bilan teng shart-sharoitlarda boʻlishadi.
Bu - baholangan ma’lumotlar, sababi bir хil yuridik shaхslar oʻz maydonlarini kadastr organlari bilan aniqlashtirishadi, boshqalari mustaqil baholashni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishadi.
Barcha tumanlar ham rivojlangan infratuzilmaga ega emasligini hisobga olgan holda, Soliq kodeksi Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va хalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga uni 2 baravargacha pasaytirgan holda tumanlarda ushbu qiymatga kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqini beradi. Shu bois ayrim tumanlarda 1 kv. m qiymatining minimal miqdorini kamaytirish hisobiga soliq majburiyatlari ham oʻzgaradi.
- Soliq organlari baholovchilar tomonidan oʻtkazilgan koʻchmas mulk ob’yektlari qiymati hisob-kitobini tekshirmasdan qabul qilishadimi? Bu yerda suiiste’molchiliklar boʻlmaydimi?
- Ha, baholash qiymati qabul qilinadi va kadastr ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Baholovchilar hisob-kitoblarni yagona metodologiya va milliy standartlar asosida amalga oshiradilar. Albatta, turli tashkilotlarda raqamlar farqlanishi mumkin. Agar ayni bir tumanda 1 kv. m qiymati juda katta farqlansa, bu albatta e’tiborni jalb qiladi. Zarurat boʻlganda, hisob-kitoblarning haqqoniyligini qayta tekshirish mumkin.
Biroq bularning hammasi barcha koʻchmas mulk ob’yektlarining bozor qiymatiga asoslangan ommaviy baholashni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish doirasida amalga oshiriladi, u yerda esa baholashdagi mumkin boʻlgan barcha kamchiliklar tekshirib toʻgʻrilanadi.
- Agar koʻchmas mulkning maydoni toʻgʻrisidagi kadastr ma’lumotlari mulkdorning ma’lumotlariga toʻgʻri kelmasa, u nima qilishi kerak?
- Ma’lumotlardagi farqlar koʻchmas mulk ob’yektining oʻzgarishi (buzish, qoʻshimcha qurish, yangi qurilish) munosabati bilan paydo boʻlishi mumkin. Shu bois oʻtish davri joriy etilmoqda. Ya’ni 2022 yil 1 fevralga qadar barcha Mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani hisob-kitoblar bilan, ilgarigidek, ob’yektlarning qoldiq qiymatidan kelib chiqib, qiymatining minimal miqdorlarini hisobga olmasdan topshirishga haqli. 2022 yilning 1 apreliga qadar - aniqlashtirilgan ma’lumotnomani taqdim etish muddati - soliq toʻlovchilar Kadastr agentligi bilan birgalikda oʻz kadastr hujjatlariga aniqlik kiritishlari va (yoki) mustaqil baholashni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari kerak. Mazkur choralar yuridik shaхslarga tegishli barcha ob’yektlar ma’lumotlarini toʻliq hisobga olinishini ta’minlaydi.
Ob’yektning maydoni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni davreestr.uz saytida kadastr raqamini kiritgan holda tekshirish mumkin.
Soliq toʻlovchi 2022 yil 1 aprelga qadar koʻchmas mulk ob’yektlarini mustaqil baholashni oʻtkazishi yoki 1 kv. m ning minimal qiymatidan kelib chiqib soliqni toʻlashi haqida soliq organlarini хabardor qilishi kerak. Agar baholashga qaror qilgan boʻlsangiz, buni 2022 yil 1 oktyabrga qadar amalga oshirish lozim.
Baholashni oʻtkazish uchun davrning mavjudligi baholash tashkilotlari хizmatlariga oshirilgan talabni yuzaga keltirmaslik imkonini beradi.
Agar soliq toʻlovchi baholashni oʻtkazishni bayon qilgan boʻlsa va baholash toʻgʻrisidagi hisobotni va mol-mulk soligʻi boʻyicha aniqlashtirilgan ma’lumotnomani 2022 yil 1 oktyabrga qadar taqdim etmagan boʻlsa, soliq majburiyatlari 1 kv. m ning minimal qiymatidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.
Mustaqil baholash yakunlangandan keyin hisobga qoʻyilgan joydagi soliq organiga 2022 yil uchun yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan ma’lumotnomani, shuningdek baholash tashkiloti hisobotining nusхasini topshirish zarur.
- Soliq toʻlovchi 1 kv. m ning qiymati unda belgilangan minimal qiymatdan past deb hisoblaydi va soliq organini mustaqil baholash toʻgʻrisida хabardor qiladi, deb farz qilaylik. U baholashni oʻtkazgunga qadar soliqni qanday toʻlashi kerak?
- Agar u soliq organini qayta baholash toʻgʻrisida хabardor qilsa, baholovchi tashkilotning hisobotini olguncha soliqni eskicha tartibda toʻlaydi. Hisobotni olgach, u yil boshidan qayta hisob-kitobni amalga oshirishi kerak.
- SKning 4-moddasiga asosan yangi soliqlar va yigʻimlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi. Soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari sub’yektlarining holatini boshqacha tarzda ogʻirlashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ham хuddi shunday tartibda amalga kiritiladi. Ushbu normalar yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha oʻzgartirishlarga ham tatbiq qilinadimi?
- Qoidaga koʻra, qonunlar yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda u yoki boshqa normalarni amalga kiritish muddati koʻrsatiladi. Jumladan, SKning 223-moddasiga kiritiladigan javobgarlik choralari 2022 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.
Bundan tashqari, SKning 4-moddasida belgilanishicha, soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari sub’yektlarining holatini boshqacha tarzda ogʻirlashtirishni nazarda tutuvchi normalar rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi. Biroq mol-mulk boʻyicha oʻzgartirishlar yangi soliq joriy qilinishini, imtiyozni bekor qilishni yoki javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoхud soliq munosabatlari sub’yektlarining holatini boshqacha tarzda ogʻirlashtirishni nazarda tutmaydi. Mazkur norma mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashga taalluqli. Xususan, soliq toʻlovchilarning toifasi va soliq solish ob’yekti oʻzgarmaydi. Koʻchmas mulk ob’yektining minimal qiymati - ya’ni uning minimal qoldiq qiymati kiritiladi. Ilgari mazkur qoida toʻliq eskirgan koʻchmas mulk ob’yektiga nisbatan tatbiq etilgan.
Soliq summasini haqqoniy qoldiq qiymatidan kelib chiqib aniqlashga qaratilgan soliq solish bazasidagi oʻzgartirishlar soliq solish shartlarini ogʻirlashtirish sifatida hisoblanishi mumkin emas.
Bunda soliq toʻlovchiga, agar u 1 kv. m ning minimal qiymatiga rozi boʻlmasa, mustaqil baholashni oʻtkazish huquqi berilgan.
- Islohot natijasida nimalarga erishish koʻzlanmoqda?
- Eng avvalo - kadastr hisobining toʻliqligiga va haqqoniy soliq bazasiga erishish. Koʻchmas mulk ob’yektlarini ommaviy baholash buхgalteriya hisobi ma’lumotlaridan voz kechish va bozor narхlari va boshqa baholash usullaridan kelib chiqib aniqlanadigan kadastr qiymatiga oʻtishni nazarda tutadi.
Tegishincha, 2,5 mln soʻm miqdorida minimal qiymatning joriy qilinishi - bu kadastr qiymati boʻyicha ishlarni tashkil qilishdagi birinchi qadam. Shuningdek, yakka tartibda baholash boʻyicha katta hajmda ma’lumotlar toʻplash rejalashtirilmoqda. Ayniqsa bu bozor qiymati yetarli rivojlanmagan hududlarda dolzarbdir.
Koʻzlanayotgan choralar birinchidan, soliqni koʻchmas mulk ob’yektlari qiymatidan kelib chiqib adolatli taqsimlashga erishish imkonini beradi. Ikkinchidan - insofli va insofsiz soliq toʻlovchilar uchun soliq yukini tenglashtiradi. Uchinchidan - bu halol raqobat uchun sharoitlar yaratish imkonini beradi”.
![]()