DIQQAT! 2022 yil uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak ma’lumotnomasini taqdim etish tartibi

preview

Buxgalter.uz iltimosiga binoan yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlash yangi tartibining nozik jihatlarini  MVning Resurs soliqlari va boshqa daromadlar metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Zarema MENALIYeVA tushuntirdi.

 

Soliq bazasi qanday aniqlanadi

– “2022 yil 1 yanvardan boshlab binolar va inshootlar (shu jumladan - toʻliq amortizatsiya qilingan) boʻyicha soliq bazasini aniqlashning yangi tartibi joriy qilindi, bundan SKning 411-moddasi 2-qismi 2-4-bandlarida nazarda tutilgan ob’yektlar mustasno. U quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:

  • Toshkent shahrida - 2,5 mln soʻm;
  • Nukus shahrida va viloyat markazlarida - 1,5 mln soʻm;
  • boshqa shaharlarda va qishloq joylarda - 1 mln soʻm.

Bunda Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va хalq deputatlari viloyatlar Kengashlari eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab  0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishlari mumkin.

Agar ob’yektingizning 1 kv. metri qoldiq qiymati minimal qiymatdan past boʻlsa, siz mustaqil baholashni amalga oshirishga haqlisiz. Uning natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi . Agar baholash natijalari 1 kv.metr uchun belgilangan minimal qiymatdan koʻp boʻlib chiqsa, soliqni minimal qiymatdan hisoblab chiqish mumkin .

 

Boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qachon taqdim etiladi

2022 yil uchun boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishning quyidagi tartibi joriy etilmoqda .

1) 1 fevralga qadar ma’lumotnomani minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish mumkin.

QQS va foyda soligʻi toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha birinchi boʻnak toʻlovini 2022 yil 1 fevralga qadar kiritishlari shart.

E’tibor bering
Bu yil tashkilotlarga birinchi boʻnak toʻlovini 1 fevralga qadar amalga oshirish huquqi berildi. Keyinchalik boʻnaklar SKga muvofiq joriy oyning 10 kunidan kechiktirmay, ya’ni 10 fevraldan, 10 martdan va h.k.dan kechiktirmay amalga oshiriladi.

2) 1 aprelga qadar soliq toʻlovchilar kadastr organlari bilan koʻchmas mulk ob’yektlari maydonlarini taqqoslashni amalga oshirishga haqli.

E’tibor bering
Agar kadastr bilan taqqoslashni amalga oshirish natijalari boʻyicha maydon oʻzgargan boʻlsa, 1 aprelga qadar soliq organiga aniqlashtirilgan ma’lumotnomani taqdim eting.

Ular shu muddatda koʻchmas mulk ob’yektlari qiymatini mustaqil baholashni oʻtkazish rejalashtirilganligi toʻgʻrisida soliq organlarini хabardor qilishlari shart;

3) 1 kv. metr ob’yektning qoldiq qiymati belgilangan minimal qiymatdan kam boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchilar koʻchmas mulk qiymatini 1 oktyabrga qadar mustaqil baholashni oʻtkazishga haqli.

Aniqlashtirilgan ma’lumotnomani va baholash natijalarini mustaqil baholash yakunlangandan keyin 30 kun davomida soliq organlariga taqdim eting.

 

Agar bino (inshoot) toʻliq amortizatsiya qilingan boʻlsa 

2022 yil 1 yanvarga qadar toʻliq amortizatsiya qilingan bino boʻyicha soliq bazasi 3 yilda kamida 1 marta aniqlanadigan uning qayta baholangan (bozor) qiymati boʻlgan. Endi ushbu tartib oʻzgartirildi.

2022 yildan boshlab binolar va inshootlar (shu jumladan - toʻliq amortizatsiya qilingan) boʻyicha soliq bazasi belgilangan minimal qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.

Soliq toʻlovchilar soliqni minimal qiymat boʻyicha yoki baholash natijalarini hisobga olgan holda hisoblab chiqishlari mumkin".

Moʻljallanayotgan mol-mulk soligʻi summasini qanday hisoblab chiqish, turli vaziyatlarda ma’lumotnomani taqdim etish va boʻnak toʻlovlarini toʻlash haqida MVning Resurs soliqlari va boshqa daromadlar metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Zarema MENALIYeVA va “Norma” eksperti Oleg SOYning tavsiyasida oʻqing:

 

 

 

 

 

Mol-mulk soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash mol mulk soligʻi, soliq hisob kitobi, mulk soliqlari, soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari Mol-mulk soligʻi: kimlar toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi mulklar soliqqa tortiladi va imtiyozlar qanday qoʻllaniladi. Soliq hisoboti, toʻlov muddatlari va kamchiliklar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text177521_diqqat_2022_yil_uchun_mol-mulk_soligi_buyicha_bunak_malumotnomasini_taqdim_etish_tartibi