Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
2021 yil dekabr oyi uchun EHFni rasmiylashtirishga ulgurmagan tadbirkorlik sub’yektlari buni 2022 yilning 18 yanvariga qadar amalga oshirishlari mumkin. Moliyaviy sanksiyalar va ma’muriy jarimalar mazkur sanaga qadar qoʻllanilmaydi.
Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish, taqdim etish va imzolashning asosiy jihatlari va yangi хususiyatlarini quyidagi tushuntirish materiallarida umumlashtirib berdik:
- Elektron hisobvaraq-faktura: qachon, qaysi shaklda hamda qanday muddatlarda taqdim etiladi, kim tomonidan imzolanadi;
- Standart EHF qanday rasmiylashtiriladi;
- Qoʻshimcha EHF qanday rasmiylashtiriladi;
- Tuzatilgan EHF qanday rasmiylashtiriladi.
![]()