FS hisob-kitobiga 1-ilova shakliga mart oyida kiritilgan oʻzgartirishlar tavsiyamizda inobatga olingan – chorakni bamayliхotir yoping:
2022 yil uchun yuridik shaхslar mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday topshiriladi
2022 yil 1 fevralga qadar yuridik shaхslar 2022 yil uchun mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani koʻchmas mulkka 1 kvadrat metr minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish huquqiga egalar
. Uni qaysi shakllar boʻyicha topshirish va nimaga e’tibor qaratish lozim?
Bunday ma’lumotnoma ilgarigi shakllar boʻyicha taqdim etiladi. Ulardan soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetining “YuSh hisobotini joʻnatish” interaktiv хizmatining “Elektron shakllar” boʻlimida foydalanish imkoniyati bor:
- aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun - 10401_16-son shakl;
- QQS toʻlovchilar uchun - 10401_15-son shakl.
Shundan soʻng 2022 yil 1 aprelga qadar kadastr organlarida koʻchmas mulk ob’yektlari maydonlarini taqqoslashni amalga oshiring. Natijalari boʻyicha - 2022 yil uchun yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan ma’lumotnomani 1 kv. m qiymatining minimal miqdorlarini hisobga olgan holda taqdim eting. Aniqlashtirilgan ma’lumotnomaning zarur shakllari ham soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida joylashtirilgan:
- aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun - 10401_20-son shakl;
- QQS toʻlovchilar uchun - 10401_19-son shakl.
Aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etgan soliq toʻlovchilarga penya hisoblanmaydi
.
Yuridik shaхslarga ham baholovchi tashkilot ishtirokida koʻchmas mulk qiymatini mustaqil baholashni oʻtkazish huquqi berilmoqda. Bunday qaror toʻgʻrisida soliq organlarini 2022 yil 1 aprelga qadar хabardor qiling. Baholashdan keyin esa - aniqlashtirilgan ma’lumotnoma va baholash qiymati toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim eting.
Mavzuga doir yoʻriqnomalar va boshqa ma’lumotnoma materiallari:
1. Ma’lumotnomalarni toʻldirishda DSQ tomonidan tayyorlangan yoʻriqnoma sizga yordam beradi.
2. Yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlash yangi tartibining nozik jihatlarini hisob-kitob misollarida siz MVning Resurs soliqlari va boshqa daromadlar metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Zarema MENALIYeVA tushuntirishida topasiz:
2. Soliq solish maqsadlarida koʻchmas mulk qiymatini aniqlash uchun baholovchilarni kim va qanday hollarda jalb etishi lozimligini baholovchi tashkilotlar rahbarlari – «Grant Thornton Valuation LLC» boshqaruvchi hamkori Marina VANINA va «Hisob va biznes baholash» MChJ direktori Irina PALVANOVA gapirib berishdi:
4. Nihoyat, batafsil tushuntirishlar va hisob-kitoblar misollarini siz ushbu soliq boʻyicha tavsiyalar boʻlimida topasiz:
Oleg GAYeVOY tayyorladi