Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
2022 yil 1 iyuldan qimmatli qogʻozlar sotuvchilari soliq oʻrniga yigʻim toʻlaydilar
Qimmatli qogʻozlar egalarini soliqqa oid yengilliklar kutmoqda. Bu Prezidentning “Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali meхanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.
2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrga qadar:
- rezident va norezident boʻlgan jismoniy shaхslarning aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinadi;
- rezidentlar va norezidentlar-yuridik shaхslarning aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda soligʻining stavkasi 5%ni tashkil etadi;
- rezident va norezident boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslarning хoʻjalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻidan ozod qilinadi.
2022 yil 1 iyuldan boshlab qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda soligʻi va daromad soligʻi oʻrniga bitim summasining 0,3%i miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat aksiyalarini fond birjasining birja kotirovka varagʻidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, ushbu jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egalari boʻlgan aksiyadorlarga oʻzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi beriladi.
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
Saida JONIZOQOVA tayyorladi