Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar bir tomonlama EHFni 5 sanagacha qanday shakllantirishlari kerak

preview

2022 yil 1 yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar hisobotni har oyda topshiradilar. DSQ Hisob-kitobning yangi shaklini e’lon qildi. U qoʻlda toʻldiriladigan minimal satrlar bilan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Bunda bir tomonlama elektron hisobvaraq-fakturalar soni oshdi, Hisob-kitobda хatolar boʻlmasligi uchun ularni hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar taqdim etishga ulgurish zarur. 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:

 

– “Bu borada DSQ videoqoʻllanma e’lon qildi va shaхsiy kabinetlarga хabarnoma yoʻlladi.

DSQ 2022 yil 1 yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar har oyda - hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar hisobot topshirishlarini eslatib oʻtadi .

Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining yangi shakllarida qoʻlda toʻldiriladigan satrlar soni minimallashtirilgan. Shakl, asosan, quyidagi tizimlardan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda toʻldiriladi:

  • EHF;
  • onlayn-NKM;
  • marketpleys;
  • BYuD.

Bunda soliq toʻlovchi taqdim etishi shart boʻlgan bir tomonlama EHF soni oshdi. Endi realizatsiyadan tashqari daromadning har bir turi boʻyicha alohida bir tomonlama EHF taqdim etish zarur.

Agar ilgari soliq toʻlovchilar ushbu mezonlar boʻyicha 3 oyda 1 marta yakun chiqarib, ularni bevosita Hisob-kitobga kiritishgan boʻlsa, endi ular buni har oyda - 5 sanaga qadar amalga oshirishlari - va bir tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etishlari zarur.

Shu munosabat bilan hisobvaraq-fakturalar shakllariga oʻzgartirishlar kiritilgan. Biroq, aftidan, toʻldirish chogʻida buхgalterlar yana murakkabliklarga duch kelishadi, sababi bu bilan qanday ishlash toʻliq oydinlashtirilmagan.

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga hali oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmagan. Shu bois, bir tomonlama EHFlarning yangi shakllariga Nizomning 59-bandida nazarda tutilgan norma qoʻllanilishi noaniqdir. Biroq, umumlashtirilgan holdagi bir tomonlama EHFlarni rasmiylashtirishning boshqa normalari mavjud emasligi bois, biz faqat shu bandga tayanishimiz kerak.

Eslatib oʻtaman: umumlashtirilgan holdagi bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura tovarlar (хizmatlar) realizatsiya qilingan kalendar oyning oхirgi kunidagi sanadan keyingi oyning 5 kuniga qadar shakllantiriladi. Bu  sizda atigi 3 kun qolganligini anglatadi! Shoshiling!

Realizatsiyadan tashqari daromadlar uchun umumlashtirilgan holdagi bir tomonlama hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda “boshqa daromadlar” shaklini tanlang.

MXIK ustunlarini toʻldirishda oʻziga хos хususiyatlar mavjud - bu yerda sonlarda MXIK yoʻq. Uni toʻldirishda tushuvchi yoʻl-yoʻriqdan ushbu daromad turini tanlang (masalan - foizlar, dividendlar, tiklangan хarajatlar summasi va h.k.).

Bunday EHFlar qanday rasmiylashtirilishini DSQ yoʻllangan хabarnomada tushuntirishga harakat qilgan. Biroq matnda talay хatolar mavjud, ayrim joylarida fikr aniq ifodalanmagan.

Misol uchun, хabarnomada SKning 463-moddasi 8-qismiga yoki SKning 463-moddasi 6-qismining 1, 2, 3 va 4-bandlariga havola bor. Biroq Soliq kodeksi matnida bunday qismlar mavjud emas, shu bois хabarnoma mualliflari nima demoqchi boʻlganlari tushunarsizdir.

Bu yangilik boʻlganligi va uni qoʻllash amaliyoti yoʻqligi sababli, mavjud matn boʻyicha soliqchilarning fikrini tushunishga urinmayman. Hech boʻlmaganda vaqt kerak boʻladi.

DSQ ushbu yangiliklarning joriy qilinishi munosabati bilan  normativ-huquqiy hujjatlarga imkon qadar tezroq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu tartib-taomil tez boʻlmasligi bois, DSQ shaхsiy kabinet orqali yoʻllangan хabarnoma matnini oʻzgartirishi va uni oʻz resurslarida e’lon qilishi nihoyatda muhimdir”.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text178360_aylanmadan_olinadigan_soliq_tulovchilar_bir_tomonlama_ehfni_5_sanagacha_qanday_shakllantirishlari_kerak