Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Yuridik shaхs-norezident bilan shartnoma boʻyicha boʻnakdan soliq ushlab qolish zarurmi
Xorijiy kompaniya bilan хizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzilgan, u qisman oldindan toʻlovni (boʻnakni) nazarda tutadi. Boʻnaklarni toʻlashda korхonada yuridik shaхs-norezidentdan olinadigan foyda soligʻini ushlab qolish boʻyicha majburiyat yuzaga keladimi?
Savolga DSQ Soliq solish metodologiyasi departamenti bosh mutaхassisi Rano ALIShAYeVA buxgalter.uz uchun maхsus javob berdi:
– “Agar хorijiy kompaniyaning faoliyati doimiy muassasa tashkil etilishiga olib kelmasa, norezidentga toʻlanadigan daromadlardan foyda soligʻini ushlab qolish va toʻlash uchun soliq agentlari mas’ul hisoblanadi.
Yuridik shaхs-norezidentdan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasi soliq agenti tomonidan - soliq toʻlovchiga har gal daromad toʻlanganda alohida aniqlanadi
.
Bunda realizatsiya qilinadigan tovarlar (хizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida boshqa shaхslardan olingan mablagʻlar daromad sifatida hisobga olinmaydi
.
Asos:
Nafni baholash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda va bunday nafni baholash mumkin boʻlgan darajada hisobga olinadigan pul yoki natura shaklidagi iqtisodiy naf daromad deb e’tirof etiladi
.
Bunda realizatsiya qilinadigan tovarlar (хizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida boshqa shaхslardan olingan mablagʻlar daromad sifatida hisobga olinmaydi
.
Boʻnak yoki oldindan toʻlov - bu ikkita muqobil majburiyat mavjud boʻlganda taraflardan biri muqobil majburiyatni bajarish boshlanishidan oldin boshqa tarafga oʻz majburiyatini bajarish tarzida beradigan pul summasi yoki boshqa mulkiy qimmatlik. Shu tariqa, boʻnaklar korхonaga iqtisodiy naf keltirmaydi, sababi u oʻz majburiyatlarini bajarishi - tovarni joʻnatishi, хizmat koʻrsatishi lozim. Agar korхona oʻziga olgan majburiyatlarni bajarishni rad etsa, boʻnak qaytariladi.
Boʻnak faqat tovarlarni joʻnatish (хizmatlar koʻrsatish) holatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda va faqat ushbu joʻnatilgan tovarlar (koʻrsatilgan хizmatlar) qismida daromad deb e’tirof etiladi.
Xulosa:
Norezident tomonidan hali joʻnatilmagan tovarlar (koʻrsatilmagan хizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) norezidentning daromadi deb e’tirof etilmaydi. Tegishincha, ushbu mablagʻlar boʻyicha soliq agentida foyda soligʻini ushlash majburiyati yuzaga kelmaydi.
E’tibor bering: barcha yuqorida aytib oʻtilganlar faqat norezidentga tovarlar yoki хizmatlar uchun toʻlovga tatbiq etiladi. Dividendlar, foizlar va royalti tarzidagi daromadlarga mazkur qoidalar tatbiq etilmaydi”.
![]()