Markaziy bank asosiy stavkasining oshirilishi qarz oluvchilarda soliqlarga ta’sir koʻrsatadi

preview

Markaziy bank 17 mart kuni asosiy stavkani 14%dan 17%gacha oshirdi. Eslatib oʻtamiz: Markaziy bankning asosiy stavkasi soliq solish maqsadlarida foizsiz qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) boʻyicha, shuningdek, agar shartnoma boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan past boʻlsa, foizli qarz mablagʻlari boʻyicha daromadlar hisob-kitobida qoʻllaniladi.

 

Qarz oluvchi foiz toʻlash majburiyatisiz yoki Markaziy bankning asosiy stavkasidan past stavkada foiz toʻlash bilan muayyan muddatga olingan pul mablagʻlaridan foydalanishi munosabati bilan unda daromad yuzaga keladi. Soliq solish maqsadlarida bunday daromad qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish sanasida Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan (asosiy stavkasidan) kelib chiqqan holda aniqlanadi .

Belgilangan daromad hisob-kitobi faqat soliq solish maqsadlarida amalga oshiriladi. Buхgalteriya hisobida mazkur daromadlar aks ettirilmaydi.

E’tibor bering

Daromadni qayta moliyalashtirish stavkasidan (2020 yil 1 yanvardan boshlab - asosiy stavkadan) kelib chiqib aniqlash qoidasi :

  • banklararo operatsiyalarga va kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlarga;
  • Hukumatning qarorlariga koʻra, shuningdek Oʻzbekistonning norezidentlari tomonidan beriladigan qarzlarga (ssudalarga);
  • konsolidatsiyalashgan guruhning bir ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchisiga beriladigan qarzlarga (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan tatbiq etilmaydi.

Manbaga qarang.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text179738_markaziy_bank_asosiy_stavkasining_oshirilishi_qarz_oluvchilarda_soliqlarga_tasir_kursatadi