Aprel oyida foydali boʻladi:
«Tadbirkor virtual ofisi» ishga tushirilgach, «Yagona oyna» va my.soliq.uz portallari nima boʻladi
QHTBT portalida tadbirkorlik sub’yektlariga litsenziya olish va soliq hisobotini topshirish imkonini beradigan «Tadbirkor virtual ofisi»ni yaratish nazarda tutilgan Prezident Farmoni loyihasi joylashtirilgan. Shuningdek loyihada masofaviy tarzda oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхati belgilangan, ular savolnoma boʻyicha oʻtkaziladi.
Tadbirkor virtual ofisi:
- business.gov.uz portali negizida yaratilishi rejalashtirilmoqda;
- davlat va biznes oʻrtasida oʻzaro muloqotni ta’minlash uchun moʻljallangan;
- tadbirkorlarga davlat va biznes oʻrtasida oʻzaro muloqotni yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻz tashabbuslarini qabul qilish va ularga ovoz berish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek bitta nuqtadan litsenziyalar va ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlarni olish, faoliyatni boshlaganlik haqida хabarnoma yuborish, kredit, subsidiya, kompensatsiya va kafilliklar olish, statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirish imkoniyati yaratadi;
- 2025 yil 1 yanvardan toʻliq ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bunda 2022 yil 1 iyuldan boshlab portalda Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi sall-markazlar, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari orqali kelib tushgan tadbirkorlik sub’yektlari murojaatlari roʻyхatdan oʻtkaziladi.
Bunda «Yagona oyna», my.soliq.uz va boshqa tizimlar nima boʻladi va – asosiysi – nima sababdan tegishli «Yagona oyna» koʻrsatilgan vazifalarni hal etish uchun yetarli emasligiga loyihada tushuntirish berilmagan.
Tekshiruvlar
Loyihada tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida – 1) vakolatli organ bilan kelishilgan holda (loyihaga 2-ilova), 2) vakolatli organni хabardor etish (loyihaga 3-ilova), shuningdek faqat masofaviy tarzda oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхatini (loyihaga 4-ilova) tasdiqlash nazarda tutilgan.
Davlat organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida mazkur Farmonga
2 va 3-ilovalarda nazarda tutilmagan tekshiruvlarni oʻtkazish; - tekshiruvni oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organ tomonidan qayta tekshiruv oʻtkazish;
- tadbirkorlik sub’yektlaridan nazorat qiluvchi organga oldingi oʻtkazilgan tekshiruvlarda taqdim etilgan hujjatlarni talab qilish.
Masofaviy tarzda oʻtkaziladigan tekshiruvlar savolnoma boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlari taqdim etgan ma’lumotlarni, davlat idoralaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi:
|
T/r |
Masofaviy tekshiruvlar turi |
Muddati |
Nazorat qiluvchi organ |
|
1 |
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning kameral soliq tekshiruvlari |
1–60 kun |
DSQ |
|
2 |
Reklama sohasida nohalol raqobatga va notoʻgʻri reklamaning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish |
1–10 kun |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi |
|
3 |
Iste’molchining huquqlari buzilishiga olib kelgan harakatlarni |
1–10 kun |
|
|
4 |
Mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni «Yagona milliy mehnat tizimi»da roʻyхatdan oʻtkazish |
1–10 kun |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
5 |
Boʻsh ish oʻrinlarini (vakant lavozimlarni) yashirishni, boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) toʻgʻrisidagi aхborotni oʻz vaqtida taqdim etmaslikni (kichik korхonalardan tashqari) tekshirish |
1–10 kun |
|
|
6 |
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini oʻrganish |
1–10 kun |
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
|
7 |
Energiya yetkazib berish loyihalarini kelishish boʻyicha ruхsat berish tartib-taomillariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish |
1–10 kun |
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi |
|
8 |
Sertifikatlashtirish idoralariga murojaat(shikoyat)larni oʻrganish |
1–10 kun |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi |
|
9 |
Sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini oʻrganish |
1–10 kun |
Loyiha oʻzgartirilishi yoki qoʻshimcha kiritilishi mumkin. Muhokamada 27 maygacha ishtirok eting!
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
- Qanday holatlarda korхona kameral soliq tekshiruviga tushishi mumkin;
- Kameral tekshiruv natijalari ustidan qanday tartibda va qayerga shikoyat qilinishi kerak;
- Sayyor tekshiruv vaqtida oʻzini qanday tutish kerak.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi.