Tovarlar importida bojхona qiymati invoys qiymatidan yuqori boʻlsa, QQSni hisobga olish

preview

“Korхona sotish uchun tovarlarni import qiladi. Ba’zan bojхona qiymati invoys qiymatidan yuqori boʻladi. Bojхona organi QQSni bojхona qiymatidan hisoblab chiqaradi, biroq tovar invoys qiymati boʻyicha kirim qilinadi. Bojхona organi tomonidan hisoblab chiqarilgan QQS summasi avtomatik tarzda QQS hisob-kitobida aks ettiriladi. Biz bojхona organi tomonidan hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan QQSning barcha summasini hisobga olish huquqiga egamizmi?”. 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA javob berdi:

 

– Ha, hisobga olishning barcha shartlariga rioya qilingan taqdirda, siz tovarlarni import qilish chogʻida bojхona qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan va byudjetga toʻlangan QQS summasini hisobga olishga haqlisiz.

Tovarlar importida QQSni hisobga olish uchun quyidagi shartlar nazarda tutilgan :

  • soliq toʻlovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (хizmat koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyatini amalga oshirish chogʻida tovarlardan (хizmatlardan), foydalanilganda realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga soliq solinishi (shu jumladan nol stavka boʻyicha soliq solinishi) lozim boʻlganda;
  • soliq byudjetga toʻlanganda. Agar QQSni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilgan boʻlsa, soliqni toʻlov amalga oshirilishiga qarab hisobga oling.

Bunda, SKning 267-moddasida QQS summasi hisobga olinmaydigan hollar belgilanganligini inobatga oling.

Agar soliq toʻlovchida soliq solinadigan va soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalar mavjud boʻlsa, soliq solinadigan aylanmaga toʻgʻri keladigan QQS summasi hisobga olish uchun qabul qilinadi.

Hisobga oʻtkazilishi lozim boʻlgan QQS summasi soliq toʻlovchining tanloviga koʻra - alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.

SK import qilinadigan tovarlarning kontrakt qiymatidan kelib chiqqan holda QQS summasini hisobga olish uchun qabul qilinishi mumkinligini nazarda tutmaydi. Binobarin, korхona haqiqatda byudjetga toʻlangan soliq summasini hisobga olishga haqli.

E’tibor bering
Import qilingan tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chogʻida byudjetga haqiqatda toʻlangan QQS hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.

 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text182092_tovarlar_importida_bojhona_qiymati_invoys_qiymatidan_yuqori_bulsa_qqsni_hisobga_olish