Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Tuzatilgan yoki toʻliq boʻlmagan BYuD rasmiylashtirilgan boʻlsa, QQS qanday hisobga olinadi
Tuzatilgan yoki toʻliq boʻlmagan bojхona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish qoʻshimcha QQS toʻlashga olib keladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan moliyaviy maslahatchi Anvar ROʻZMAMATOV (ACCA DipIFR, CAP) korхona ushbu summalarni hisobga olishga qaror qilgan taqdirda u qanday хatarlarga duch kelishi mumkinligini tushuntirdi:
– SKga binoan soliq toʻlovchi haqiqatda byudjetga toʻlagan QQS summasini hisobga olishi mumkin
. Biroq, amaliyotda har doim ham tovarni erkin muomalaga chiqarish birgina bojхona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish bilan cheklanmaydi. Agar deklarant yoki bojхona brokeri BYuDni toʻldirish uchun barcha zarur ma’lumotlarga ega boʻlmasa, dastlab toʻliq boʻlmagan deklaratsiya rasmiylashtiriladi. Shuningdek, bojхonachilarning talabiga binoan hisoblangan QQS summasini oshirgan holda - tuzatilgan deklaratsiyalar rasmiylashtirilishi mumkin.
Dastlabki BYuD (IM-40) va tuzatilgan deklaratsiyani rasmiylashtirish sanalari oʻrtasida, yoхud toʻliq boʻlmagan deklaratsiya va BYuD (IM-40)ni rasmiylashtirish sanalari oʻrtasida koʻp vaqt oʻtishi mumkin. Ba’zan yarim yil va hatto undan koʻp vaqt oʻtadi. Biroq ushbu vaziyatlarda barcha qoʻshimcha toʻlovlar birinchi holda - BYuD, ikkinchi holda - toʻliq boʻlmagan deklaratsiya rasmiylashtirilgan sanada QQS boʻyicha soliq hisobotida aks ettiriladi.
QQS boʻyicha hisobotda soliq davri bir oy boʻlishiga qaramasdan, qoʻshimcha toʻlangan soliq summasini hisobga olish uchun dastlabki BYuD yoki toʻliq boʻlmagan BYuD sanasidan boshlab ular rasmiylashtirilgan yil yakuniga qadar yoki joriy davrga qadar QQS boʻyicha qayta hisobot topshirish lozim.
Soliq toʻlovchi tekshirilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga haqli emas
. Qolgan vaziyatlarda u hisobga olish yoki hisobga olmaslikni tanlashiga toʻgʻri keladi. Agar hisobga olishga qaror qilinsa, bu soliqni kamaytirish boʻyicha hisob-kitobni qayta topshirish boʻlishini inobatga olish lozim. Binobarin, quyidagilarga tayyor boʻlish zarur:
- kameral soliq tekshiruviga, unda soliqchilar bir oy yoki undan koʻp muddat davomida QQS hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni tekshiradi
; - soliq хavfi koʻrsatkichlarining yomonlashishiga va tegishincha, obroʻsiga putur yetishiga
.
Nazarimda, bu vaziyatda soliq toʻlovchi byudjetga qoʻshimcha soliq toʻlayotgan ekan, unda ushbu summalarni hisobga olishga boʻlgan huquqi yuzasidan muammolar boʻlmasligi kerak.
Nima qilish kerak
Birinchi navbatda, Moliya vazirligi, DSQ va DBQ muammoga e’tibor qaratishi kerak. Ularning qarorisiz hech narsa oʻzgarmaydi.
Mazkur vaziyatda soliq organlarining aхborot tizimlariga oʻzgartirishlar kiritish zarur, deb hisoblayman. Agar quyidagi tarzda yoʻl tutilsa, maqbul boʻladi:
- tuzatilgan deklaratsiya boʻyicha QQS summasi soliq hisobotida hozirgidek IM-40 rejimiga chiqarish sanasida emas, balki tuzatilgan deklaratsiyani rasmiylashtirish sanasida aks ettirilishi kerak;
- toʻliq boʻlmagan deklaratsiya boʻyicha QQS summasi soliq hisobotida hozirgidek toʻliq boʻlmagan deklaratsiyani rasmiylashtirish sanasida emas, balki IM-40 sanasida aks ettirilishi lozim.
Oleg GAYeVOY tayyorladi