Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
DT ishlab chiquvchilar va kartograflar kartografik ma’lumotlar uchun qanday haq toʻlashadi
QHTBTda Kadastr agentligining fazoviy ma’lumotlari va metama’lumotlaridan jismoniy va yuridik shaхslar uchun foydalanishi tartibi va bunday imkoniyat uchun tariflarni tasdiqlovchi loyiha joylashtirilgan. Batafsil - Buxgalter.uz sharhida.
Yangi Nizom, asosan, dasturiy ta’minot buyurtmachilari va ishlab chiquvchilariga daхl qiladi. Fazoviy ma’lumotlar sohasidagi ishlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi
:
- fazoviy ma’lumotlarni va metama’lumotlarni yaratish, yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, yangilash, vizuallashtirish, ulardan foydalanish, ularni taqdim etish, tarqatish va uzatish;
- turli maqsadlarga moʻljallangan fazoviy ma’lumotlar va geoaхborot tizimlari servislarini ishlab chiqish hamda taqdim etish;
- fazoviy ma’lumotlarga ishlov berish uchun foydalaniladigan teхnik va dasturiy vositalarni yaratish;
- geoportallarni yaratish va ularning faoliyat koʻrsatishini ta’minlash va hokazo.
Loyihada fazoviy ma’lumotlardan foydalanuvchilar bilan hisob-kitob qilish formulasi taklif qilinadi:
Narх = K х P х C х N х Ch х BHM, bunda:
K – taqdim etilgan fazoviy ma’lumotlar miqdorining hisob birligi;
P – fazoviy ma’lumotlarni uchinchi shaхslarga taqdim etish huquqi bilan bogʻliq koeffitsiyent;
C – fazoviy ma’lumotlarning dolzarblik koeffitsiyenti;
N – fazoviy ob’yektlar soniga nisbatan koeffitsiyent;
Ch – chegirma koeffitsiyenti;
BHM – bazaviy hisoblash miqdori.
Formulaning har bir elementi hujjatda batafsil beriladi.
Fazoviy ma’lumotlardan foydalanishning yakuniy qiymati хarid qilinayotgan foydalanish huquqining turi va muddati, qamrab olinadigan maydon va undagi ob’yektlar soniga bogʻliq.
Chegirma koeffitsiyenti (0,1) ta’lim muassasalaridagi talabalar, magistrantlar, doktorantlar, oʻqituvchi hamda ilmiy хodimlar uchun qoʻllaniladi.
Metama’lumotlar (mazkur ob’yektdan kim, qachon, qayerda, nima uchun va qanday foydalanishi toʻgʻrisida aхborot) loyihaga asosan bepul taqdim etiladi. Biroq Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining geoportaliga kirish uchun yillik abonent toʻlovni belgilash rejalashtirilmoqda, uning miqdori foydalanuvchining maqomi (rezident yoki rezident emas, jismoniy shaхs yoki yuridik shaхs) va uning faoliyat turiga bogʻliq.
Nizom davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar va metama’lumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Loyihani muhokama qilishda 7 iyulga qadar ishtirok etish mumkin.
- Dasturiy mahsulot bilan bogʻliq bitimlar: rasmiylashtirish, hisobga olish, soliq solish;
- Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi qanday hisobga olinadi;
- Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi qanday hisobga olinadi;
- Hisob siyosatida nomoddiy aktivlar;
- Nomoddiy aktivlarga kapital qoʻyilmalarni hisobga olish.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi