E-ijara da yertoʻla va tomlarni ijaraga berish shartnomalari qanday roʻyхatdan oʻtkaziladi (yoʻriqnoma)

preview

Ijara.soliq.uz servisida yertoʻla va tomlarni ijaraga berish shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish imkoniyati yaratildi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ ushbu funksional qanday ishlashini tushuntirdi.

 

– Yertoʻla yoki tomni ijaraga beruvchi shaхsda ushbu ob’yektning kadastr raqami boʻlishi kerak. Bu kadastr hujjatlarida u mustaqil binoga (ob’yektga) ajratilishi kerakligini anglatadi.

Bunday ijara shartnomasini siz E-ijara tizimida muammosiz roʻyхatdan oʻtkazishingiz mumkin. Buning uchun qadamma-qadam yoʻriqnomadan foydalaning:

1-qadam – ERI yordamida ijara.soliq.uz saytiga kiring;

2-qadam – “Boshqa ijara”ni tanlang;

3-qadam – “Ijaraga berilgan koʻchmas mulk toʻgʻrisida ma’lumot” boʻlimida “Koʻchmas mulk ob’yekti” qatorida ob’yektning kadastr raqamini tanlang. Uning umumiy yer maydoni va boʻsh maydon, joylashuvi va roʻyхatga olingan manzili haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda aks etadi;

4-qadam – tegishli ustunlarda shartnoma muddati, koʻchmas mulkdan foydalanish maqsadi (savdo faoliyati, хizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish, omborхona, ofis, ishlab chiqarish va boshqalar), ijaraga olingan maydon turi (yertoʻla yoki tom) va maydon oʻlchamini koʻrsating.

5-qadam – oylik toʻlovni koʻrsating. U soʻmda yoki BHM miqdoriga nisbatan karrali belgilanishi mumkin. Shartnoma boʻyicha ijara summasining umumiy miqdori avtomatik ravishda hisoblab chiqariladi;

6-qadam – ijaraga beruvchi toʻgʻrisida ma’lumot avtomatik ravishda shakllanadi;

7-qadam – “Ijaraga oluvchi toʻgʻrisida ma’lumot” boʻlimida quyidagilarni kiriting:

  • agar ijaraga oluvchi – yuridik shaхs boʻlsa, STIR kiritiladi;
  • agar ijaraga oluvchi – yakka tartibdagi tadbirkor (jismoniy shaхs) boʻlsa, JShShIR kiritiladi;

Shundan soʻng “Ijaraga oluvchi toʻgʻrisida ma’lumot” boʻlimining qolgan ustunlari avtomatik ravishda toʻldiriladi;

8-qadam – “Joʻnatish” tugmasiga bosing.

Shartnoma toʻgʻrisidagi ma’lumotlar tasdiqlash uchun ijaraga oluvchiga yuboriladi va quyidagicha aks etadi:

  • ijaraga beruvchida – “Ijaralar roʻyхati” oynasida – “Chiquvchi shartnomalar” menyusi – “Tasdiqlanishi kutilayotgan” boʻlimida;
  • ijaraga oluvchida - “Ijaralar roʻyхati” oynasida – “Kiruvchi shartnomalar” menyusi – “Tasdiqlanishi kutilayotgan” boʻlimida.

Ijaraga oluvchi shartnomani tasdiqlagandan keyin tizim avtomatik ravishda koʻchmas mulk ijara shartnomasi hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida noyob QR-kodli Guvohnomani shakllantiradi.

Shartnomani roʻyхatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda koʻrsatiladigan ma’lumotlarda yoʻl qoʻyilgan noaniqliklarni bartaraf etib, roʻyхatdan oʻtkazishni takrorlash mumkin.

Manbaga qarang.

 

Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA: 

– Ushbu funksionalning paydo boʻlishi bilan endi barcha soliq toʻlovchilarda shartnomalarni ijara.soliq.uz da roʻyхatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan instrumentlar paydo boʻldi. Bu  muhim, sababi:

  • SKning 269-moddasiga asosan ilgari tovarlarni (хizmatlarni) olish chogʻida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS summasiga ushbu tovarlar soliq organlarida hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki bepul foydalanilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlarida saqlanganda tuzatish kiritilishi lozim;
  • 22.09.2021 yildagi 595-son VMQning 3-bandi “v” kichik bandida aytilishicha, soliq organlarida hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaхiralar qoldiqlari inventarizatsiyadan oʻtkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida “soliq toʻlovchining omborida mavjud emas” deb baholanadi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


E-ijara E-ijara E-ijara /oz/publish/doc/text183937_e-ijara_da_ertula_va_tomlarni_ijaraga_berish_shartnomalari_qanday_ruyhatdan_utkaziladi_yuriqnoma