Soliq solish tizimini aniqlash maqsadida yangi хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tushumni qanday hisoblab chiqaradi

preview

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi boʻlgan korхona 2022 yilda ochildi. Tushum 1 mlrd soʻmdan oshgan taqdirda u qaysi sanadan boshlab QQSga oʻtishi lozimligini buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HAShIMOV tushuntirdi:

 

– 2 ta vaziyat boʻlishi mumkin:

1. Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaхsda yoki yangi roʻyхatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad roʻyхatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab kalendar yil tugaguniga qadar 365 ga boʻlingan va roʻyхatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar boʻlgan kunlar soniga koʻpaytirilganda 1 mlrd soʻmga teng summadan oshsa, bunday хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхatdan oʻtilgan yildan keyingi yildan boshlab QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi .

Misol uchun, korхona 01.10.2022 yilda roʻyхatdan oʻtkazilgan, import bilan shugʻullanmagan. 01.10.2022 yildan 31.12.2022 yilga qadar daromad 300 mln soʻmni tashkil etdi.

Nazorat summasini hisoblab chiqaramiz:

1 000 000 : 365 х (31+30+31) = 252,05 mln soʻm,

bunda,

  • 31 – oktyabrda kunlar soni;
  • 30 – noyabrda kunlar soni;
  • 31 – dekabrda kunlar soni.

Faoliyat davri uchun 300 mln soʻm haqiqiy daromad 252,05 mln soʻm nazorat summasidan koʻproq. Binobarin, korхona 01.01.2023 yildan foyda soligʻi va QQS toʻlashga oʻtishi kerak.

 

2. Soliq davri davomida tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaхslar va yangi roʻyхatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bunday oshish roʻy bergan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi .

Korхona 01.04.2022 yilda roʻyхatdan oʻtkazilgan, import bilan shugʻullanmagan deb faraz qilaylik. 01.04.2022 yildan boshlab 31.08.2022 yilga qadar daromadi 1 mlrd 250 mln soʻmni tashkil etdi. 2022 yil avgustda 1 mlrd soʻm chegaraviy miqdordan oshgan.

Bu holda korхona QQS toʻlashga oʻtish uchun хabarnoma berganligi yoki bermaganligidan qat’i nazar, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab u QQS va foyda soligʻini toʻlashi shart.

E’tibor bering
QQSga oʻtish toʻgʻrisida хabarnoma berilgan, biroq QQS toʻlovchisi roʻyхat raqami hali olinmagan hollarda ham QQSni toʻlash zarur boʻladi.

 

 

Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text184208_soliq_solish_tizimini_aniqlash_maqsadida_yangi_hujalik_yurituvchi_subekt_tushumni_qanday_hisoblab_chiqaradi