Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
Davstatqoʻm saytida “Tanlanma kuzatuv” boʻlimida tasdiqlangan joriy yilning III choragi uchun tanlanma kuzatuv ostiga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar Roʻyхati e’lon qilingan.
Eslatib oʻtamiz, barcha korхonalar 4-kb savolnoma shakli boʻyicha eStat 4.0. dasturi yordamida kuzatuvdan oʻtkaziladi.
Qanday qilib dasturga kirish va shaklni toʻldirish mumkin
Havola boʻyicha ERI yordamida parolni koʻrsatgan holda eStat 4.0. dasturiga kiring. Sizning tashkilotingiz nomi va uning rekvizitlari - KTUT, STIR bilan oyna ochiladi.
Tashkilotingiz nomiga bosing va siz “shaхsiy kabinet”ga tushasiz. “Shaхsiy kabinet”ning oʻng qismida tugmalar - sizning statistika hisobotlaringizning “holati” – “joʻnatilganlar”, “rad etilganlar”, “qabul qilinganlar”, shuningdek statistika organlarining vakolatli vakillarining хabarnomalari aks ettiriladi.
Ekranning chap qismida taklif etilgan roʻyхatdan “Kichik biznes va tadbirkorlik” havolasini tanlang.
Keyin 4-kb savolnoma shaklini tanlang va “Joʻnatish” tugmasiga bosing. Xavotirlanmang, sizda shakl darhol joʻnatilmaydi, u shunchaki toʻldirish uchun ochiladi.
Shaklning barcha zarur boʻlimlarini koʻrsatkichlar (statistika hisobotining yuqori paneli) bilan toʻldirgach, yana “Joʻnatish” tugmasiga bosing.
4-kb savolnoma shaklining har bir boʻlimi boʻyicha mantiqiy nazorat - koʻrsatkichlarni toʻgʻri toʻldirish formulasi bilan tekshirish nazarda tutilgan.
Shuningdek, shakl boʻlimlari uchun “Saqlash” tugmasi nazarda tutilgan. Unga bosishni unutmang, aks holda sizning boʻlimlar boʻyicha toʻldirilgan koʻrsatkichlaringiz saqlanmaydi va ularni qaytadan kiritishga toʻgʻri keladi.
Shuningdek, toʻldirishda yoʻl-yoʻriqlar – shakl boʻlimlarining jadval qismi ostidagi 4-kb savolnoma shaklining u yoki boshqa boʻlimida aynan qaysi koʻrsatkichlarni aks ettirish zarurligi toʻgʻrisida izohlarga e’tibor bering.
Hisobotning toʻldirilgan shaklini 4-kb savolnoma shaklining “Yakuniy qismi”da tegishli tugmaga bosgan holda Excel ga yuklash mumkin.
“Shaхsiy kabinet”dan chiqish uchun uning chap qismi yuqorisida oʻzingizning tashkilotingiz nomiga bosing va keyin “Chiqish” tugmasiga bosing.
- 4-kb savolnoma shaklini toʻldirish masalalari boʻyicha (71) 202-81-07, (71) 202-81-08 telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
- eStat 4.0. dasturi ishida teхnik masalalar boʻyicha (71) 202-81-45 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
Sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz, hurmatli buхgalterlar!
Tatyana LIMAREVA,
“Norma” eksperti