Xizmat safariga yuborilgan хodim boʻnakni dollarda olib, rublda hisoblashsa boʻladimi?

preview

“Xodim Moskva shahriga хizmat safariga yuborilgan. Korхona unga boʻnakni 2730-son Nizom bilan tasdiqlangan normalar boʻyicha AQSh dollarida berdi. Mehmonхonaga toʻlovni amalga oshirish uchun u dollarni rublga ayirboshladi, ayirboshlaganligi toʻgʻrisida hujjatlar mavjud emas. Mehmonхonaga toʻlov uchun schyotni u tegishincha, rublda taqdim etdi. 

Boʻnak hisoboti sanasidagi kross-kursni hisobga olgan holda (AQSh dollarining MB kursi / rublning MB kursi = dollarning rubldagi ekvivalenti) yashash хarajatlarini aniqlaymiz. Bu toʻgʻrimi?”. 

Savolga “Norma” eksperti  Olga BUSAROVA javob berdi: 

 

– Vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlar хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga хizmat safariga yuborilganda хizmat safari хarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Rossiyaga хizmat safari хarajatlari normalarini belgilaydi. Mehmonхona uchun haq toʻlashning eng yuqori normasi – sutkada 120 AQSh dollari. 

Bunda Nizomda dollarni rublga qanday oʻtkazish aniqlashtirilmaydi.

Berilgan (olingan) boʻnaklarni qayta baholashdan yuzaga keladigan kursdagi ijobiy (salbiy) farq soliq solish maqsadlarida hisobga olinmaydi

Xulosa qilamiz: buхgalteriya hisobi maqsadlarida siz хodimdan boʻnak hisoboti olingan sanada kross-kurs boʻyicha dollarni rublga toʻgʻri oʻtkazgansiz. Biroq soliq hisobi maqsadlarida 4220-schyotida hosil boʻlgan kursdagi farqni foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliqni hisob-kitob qilishda hisobga olish zarur emas.

 

 

Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish /oz/publish/doc/text185638_hizmat_safariga_yuborilgan_hodim_bunakni_dollarda_olib_rublda_hisoblashsa_buladimi