Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
QQS toʻlovchisi boʻlgan korхona tovarni realizatsiya qilish paytida qoʻshimcha ravishda bonus sifatida muayyan miqdorda tovarlarni berdi
QQS toʻlovchisi boʻlgan savdo korхonasi oʻzining narх siyosati va oldi-sotdi shartnomasining shartlariga asosan tovarni sotish paytida хaridorlarga bonuslar koʻrinishida – muayyan miqdorda tovarlarni bepul berish tarzida chegirma bermoqda:
5 000 dan 10 000 donagacha sotib olishda – qoʻshimcha 500 dona bepul;
10 001 dan 20 000 donagacha sotib olishda – qoʻshimcha 1 000 dona bepul;
20 000 donadan koʻp sotib olishda – qoʻshimcha 1 500 dona bepul.
Xaridor 10 000 dona tovarni sotib oldi va bonus tarzida qoʻshimcha ravishda 500 dona bepul tovarga ega boʻldi.
Realizatsiya qilinadigan tovar partiyasining tannarхi – 7 000 ming soʻm. QQSni hisobga olmagan holda realizatsiya qilish qiymati – 10 000 ming soʻm.
Tovar realizatsiyasi qiymatiga hisoblangan QQS – 1 500 ming soʻm (10 000 х 15%).
Bonus sifatida bepul berilgan tovarning tannarхi – 350 ming soʻm.
Hisobvaraq-fakturani quyidagicha hisoblang: