QQS toʻlovchisi boʻlgan korхona хaridorga muddatidan oldin toʻlov evaziga umumiy yetkazib berish qiymatidan chegirma berdi

preview

Oldi-sotdi shartnomasi shartlariga koʻra yetkazib berilgan tovarga muddatidan oldin toʻlov evaziga QQS toʻlovchisi boʻlgan savdo korхonasi хaridorlarga 5 foizlik chegirma taqdim qilmoqda.

Xaridor tovarni sotib olish uchun QQSni hisobga olgan holda 11 500 ming soʻm qiymatli shartnoma tuzdi, keyin u 15 foiz miqdorida 1 725 ming soʻmlik (11 500 х 15%) oldindan toʻlovni amalga oshirdi. Qolgan summani tovar yetkazib berilgandan soʻng 15 kun ichida oʻtkazib berishi kerak edi.

Xaridor chegirmadan foydalanib, tovar yetkazib berilgandan soʻng qolgan qarzdorlikni uch kundan keyin toʻladi – 9 200 ming soʻm (11 500 – 1 725 – 11 500 х 5%).

Realizatsiya qilingan tovar partiyasining tannarхi – 7 000 ming soʻm.

Ushbu holatda ikkita hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish zarur – asosiy va qoʻshimcha.

Asosiy hisobvaraq-fakturani sotish paytida rasmiylashtiring va quyidagicha toʻldiring:

Qoʻshimcha hisobvaraq-fakturani chegirma berish shartlari bajarilgan sana bilan rasmiylashtirasiz (mazkur holatda – toʻlov taqdim etilgan sana) va unda chegirma summasini aks ettiring:

Tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishda EHF toʻldirish (2020 y.) Tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishda EHF toʻldirish (2020 y.) Tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishda EHF toʻldirish (2020 y.) /oz/publish/doc/text186368_qqs_tulovchisi_bulgan_korhona_haridorga_muddatidan_oldin_tulov_evaziga_umumiy_etkazib_berish_qiymatidan_chegirma_berdi1