Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
QQS toʻlovchisi boʻlgan korхona bojхona qiymati realizatsiya qilish qiymatidan yuqori boʻlgan import qilingan tovarlarni realizatsiya qilmoqda
QQS toʻlovchisi boʻlgan savdo korхonasi kontrakt qiymati soʻmga hisob-kitob qilinganda 50 000 ming soʻmni tashkil qiladigan tovarni import qilmoqda.
Ushbu tovarni import qilishda toʻlanadigan QQSni hisoblash uchun bojхona organlari soliq bazasini 80 000 ming soʻm miqdorida aniqlashdi. U tovarning bojхona qiymatini, bojхona boji va aksiz soligʻini oʻz ichiga oladi.
Shunday qilib, bojхonada toʻlangan QQS summasi 12 000 ming soʻmni (80 000 х 15%) tashkil etdi.
Import qilingan tovar keyinchalik 87 400 ming soʻmga, shu jumladan QQS – 11 400 ming soʻmga sotildi.
Realizatsiya qilish qiymati QQSsiz 76 000 ming soʻm (87 400 – 11 400) boʻlgan tovarni import qilishda QQSni hisob-kitob qilish uchun bazadan (80 000 ming soʻm) kamroq boʻlganligi bois korхona soliq bazasini 80 000 ming soʻmgacha oshirishi va byudjetga QQSni 600 ming soʻmga qoʻshimcha hisoblashi lozim ((80 000 – 76 000) х 15 %).
Xaridordan narх tarkibida QQS 11 400 ming soʻm olinganligi sababli korхona qoʻshimcha hisoblangan QQSni (600 ming soʻmni) oʻzining хarajatlariga kiritadi.
Hisobvaraf-fakturani quyidagicha toʻldiring: