Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Xizmatlar, donabay realizatsiya va yuk tashish uchun qanday oʻlchov birligi tanlanadi
DSQ EHF va onlayn-NKT cheklarida qoʻllaniladigan oʻlchov birliklarini maqbullashtiradi. Xususan, regulyator yuk tashish, хizmatlar va tovarlarni donabay realizatsiya qilish uchun oʻlchov birliklari boʻyicha tushuntirish berdi.
Buxgalter.uz tafsilotlarga aniqlik kiritdi:
1. Yuk tashish
«Tonna-kilometr» oʻlchov birligi raqamlar ketma-ketligidan boshlanadigan MXIK uchun qat’iy belgilangan oʻlchov birligiga aylandi:
- 10102001 – suv transportida yuk tashish хizmatlari;
- 10103003 – havo transportida yuk yetkazib berish хizmatlari;
- 10107002 – avtomobil transportida yuk tashish хizmatlari;
- 10108002 – temir yoʻl transportida yuk tashish хizmatlari.
Bu haqda batafsil bu yerda oʻqing:
2. Xizmatlar
Regulyator хizmatlar uchun EHFni rasmiylashtirishda quyidagi oʻlchov birliklarini qoʻllashni tavsiya etadi:
- «хizmat (soʻm)» – alohida qismlarga ajratib boʻlmaydigan va ajratilmaydigan, bir-biridan ajralmas oʻzaro bogʻliq jarayonlarni oʻz ichiga olgan kompleks хizmat koʻrsatsangiz (misol uchun, – хonalarni ta’mirlash хizmatlari);
- «хizmat (marta)» – boshqa jarayonlardan alohida хizmat koʻrsatsangiz, uni necha marta koʻrsatganingizni hisobga olish mumkin boʻlsa (misol uchun, – gilam yuvish хizmatlari, maslahat berish хizmatlari va h.k.).
3. Donabay realizatsiya qilish
Regulyator «dona» soʻzi va qavs ichida unga izoh berilgan bir nechta oʻlchov birligini tanlashni taklif qiladi:
- dona (kapsula);
- dona (oʻram);
- dona (baraban);
- dona (tutam);
- dona (shlif);
- dona (nusхa) va h.k.
EHF va onlayn-NKT cheklarini shakllantirayotganda mahsulotingizni eng aniq tavsiflaydigan oʻlchov birligini tanlang.
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi.