2023 yilda mol-mulk soligʻi hisob-kitobi uchun ob’yektlarni mustaqil baholash mumkinmi

preview

“Korхona oʻtgan yilda mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlash uchun koʻchmas mulkni mustaqil baholashni amalga oshirmadi. Buni 2023 yilda amalga oshirish mumkinmi?” 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV javob berdi:

 

– Siz 2023 yilda  bino va inshootlarni mustaqil baholashni amalga oshirishingiz mumkin.

2022 yildan boshlab davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan bino va inshootlarga nisbatan yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq bazasi kamaytiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas .

Bunda yuridik shaхs, agar ob’yektning 1 kv. metri qiymati eng kam qiymatdan past boʻlsa, koʻchmas mulk ob’yektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Mustaqil baholash natijalari, jumladan oldingi 2 yilda amalga oshirilganlari, soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

SKning ushbu qoidalari 2022 yil bilan cheklanmagan. Agar ushbu norma oʻzgartirilmasa, siz baholashni 2023 yil va undan keyingi yillarda ham amalga oshirishingiz mumkin.

 

 

Mol-mulk soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash mol mulk soligʻi, soliq hisob kitobi, mulk soliqlari, soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari Mol-mulk soligʻi: kimlar toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi mulklar soliqqa tortiladi va imtiyozlar qanday qoʻllaniladi. Soliq hisoboti, toʻlov muddatlari va kamchiliklar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text187134_2023_yilda_mol-mulk_soligi_hisob-kitobi_uchun_kuchmas_mulkni_baholashni_amalga_oshirish_mumkinmi