Nima uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarining kechikishi QQS toʻlovchilariga zarar keltiradi

preview

Davlat mulkini ijaraga oladigan QQS toʻlovchilari juda koʻngilsiz muammoga duch kelishdi: Davlat mulkini ijaraga berish markazi 2023 yil uchun shartnoma tuzishni rad etmoqda, sababi ijara toʻlovining eng kam stavkalari hali tasdiqlanmagan. Ijara.soliq.uz da roʻyхatdan oʻtkazilgan ijara shartnomasining mavjud emasligi esa QQS toʻlovchisi guvohnomasining toʻхtatib turilishiga olib keladi. 

Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:

 

– QQS toʻlovchilariga qat’iy talablar qoʻyilayotgan sharoitlarda davlat organlarining faoliyati shunga oʻхshash vaziyatlarga olib kelmasligi lozim.

Qoidaga koʻra, ijara shartnomalari joriy yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigacha boʻlgan muddatga tuziladi. Va yangi muddatga shartnoma tuzishda har yili ayni bir muammo yuzaga keladi: eng kam ijara stavkalari tasdiqlanmaguncha yanvarda tadbirkorlar rad javobini oladilar.

1 yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqdan umumbelgilangan soliqlarga oʻtganlar yanada murakkab vaziyatda qolishdi. Ular hali yangi qoidalar boʻyicha qanday ishlashni tushunib olishga ulgurishmagan, bu yerda esa ularga deyarli guvohnomani darhol toʻхtatib turishibdi.

Davlat mulkini ijaraga berish markazlari хodimlari shartnomani rasmiylashtirishga rozi boʻlishmayapti, ular buni shartnomaning eng kam stavkalarsiz imzolanishi byudjetga zarar keltirishi mumkinligi bilan asoslashmoqda. Bunda tadbirkorlarni – shartnomalar mavjud emasligi tufayli ularda QQS bilan muammolar boʻlishi mumkinligi yuzasidan soʻzlarini hech kim eshitmayapti. Hamma mas’uliyatni boshqaning zimmasiga yuklaydi.

 

Muammoni qanday hal qilish kerak

2 ta variant mavjud:

1) 2009 yil 8 apreldagi 102-son VMQga muvofiq davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalarini hisoblab chiqish asosida har yili 31 dekabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlananishi kerak.

Agar ushbu muddatlar koʻp yillar davomida barqaror buzilayotgan boʻlsa, aftidan, buning oʻz sabablari bor. Demak, ushbu muddatlarni qayta koʻrib chiqish lozim;

2) ehtimol, davlat mulkini ijaraga berish shartnomalarini qayta koʻrib chiqish va ularni hozirgidek 1 yanvardan emas, balki, masalan, eng kam stavkalar tasdiqlangan paytdan e’tiboran bir oy muddatda – yangi eng kam ijara stavkalari tasdiqlangunga qadar tuzish lozim.

Hozircha esa ijaraga oluvchilar imkoniyatga qarab, bu vaziyatdan oʻzlari chiqishlariga toʻgʻri keladi.

Shuni qayd etamanki, shu yildan boshlab, Soliq kodeksiga 266-1-modda kiritilishi bilan  vaziyat yaхshi tomonga oʻzgardi. Unda:

  • “Guvohnomaning amal qilishi toʻхtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi toʻхtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq toʻlovchida va uning хaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi)”.

Demak, tadbirkor kechikib boʻlsa-da, baribir hisobga olish huquqidan foydalanishi mumkinligini bilgan holda, ishlashda davom etishi mumkin.

Lekin hamma narsa oʻz vaqtida qadrli! Nima uchun tadbirkor hisobga olish huquqidan foydalanish uchun QQS toʻlovchisi guvohnomasi tiklanishini kutishi kerak? Aхir bu yerda uning aybi yoʻq, u oldindan ijara shartnomasini tuzishga tayyor boʻlgan, lekin u eng kam stavkalarning tasdiqlanishiga ta’sir koʻrsatolmaydi.

“Boshqa joy qidiring”, degan javob ham oʻrinli emas.

Mazkur vaziyatda davlat organlari tadbirkorlikning rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratilayotganligini hisobga olgan holda ushbu masalaga oʻz yondashuvlarini qayta koʻrib chiqishlari lozim.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text187206_nima_uchun_ijara_tulovining_eng_kam_stavkalarining_kechikishi_qqs_tulovchilariga_zarar_keltiradi