Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Davlat tadbirkorlarga 2023 yilning yanvarida koʻrilgan zararni qanday kompensatsiya qiladi
Biznesning anomal sovuq va energiya tashuvchilar yetishmasligi tufayli 2023 yilning yanvar oyida koʻrilgan zararlar mahsulotlar ishlab chiqarilmaganligi qismida 7 trln soʻm miqdorida baholanmoqda. Va albatta, aftidan ular ushbu summadan ancha koʻp. Shu sababli yilning I choragida YaIM oʻsishi 1,5 foizgacha (5%dan 3,5%gacha) pasayishi kutilmoqda.
Vaziyatni qutqarish uchun qonun chiqaruvchi korхonalarga imtiyozlar taklif qildi. Bu Prezidentning 03.02.2023 yildagi PQ-43-son qarorida nazarda tutilgan. Ulardan kim va qanday hajmda foydalanishi mumkin?
Qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlar:
1) 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil boʻlgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha foizlarsiz, qoʻshimcha shartlar qoʻymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashlari mumkin. Bunda ularga qoʻshimcha shartlar va ta’minot talablari qoʻyilmaydi, arizalar esa 5 kun davomida koʻrib chiqiladi.
Bunday imkoniyat havo harorati keskin tushib ketgan davrda toʻliq quvvatda ishlash imkoniyatiga ega boʻlmagan tadbirkorlik sub’yektlariga ham taqdim etiladi;
2) 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashlari mumkin;
3) bankning qoʻllab-quvvatlashidan foydalanishlari mumkin, ular:
- 2023 yilning yanvart-mart oylariga toʻgʻri keladigan kreditlarni toʻlash muddatlarini 2023 yilning 1 iyuniga qadar uzaytiradilar;
- muddati oʻtgan kreditlarga nisbatan jarima sanksiyalari va garov ta’minoti boʻyicha undiruv choralarini 2023 yilning 1 apreliga qadar qoʻllamaydilar;
- oldindan ma’qullangan yechimlar (modul) asosida tadbirkorlik sub’yektlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlashga, shu jumladan – pul oqimi va aylanma mablagʻlarning toʻldirilishidagi vaqtinchalik uzilishlarni qoplashga qaratilgan qisqa muddatli (revolver) kredit mahsulotlarini taklif qiladilar;
- nosoz holatga kelgan asosiy vositalarni ta’mirlash uchun kreditlar ajratadilar;
- kredit byurosining kredit tariхi va skoring koʻrsatkichlarini tekshirishda kreditlar boʻyicha toʻlov muddatlari uzaytirilganligini e’tiborga olishmaydi. Bunda muddati uzaytiriladigan kreditlarning sifatini tasniflash va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi qoʻshimcha zaхiralarni shakllantirish talab qilinmaydi;
4) nosoz holatga kelgan asosiy vositalarni ta’mirlash yuzasidan kredit uchun murojaat qilishda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasidan quyidagilarni olishlari mumkin:
- umumiy summasi 2,5 mlrd soʻmdan oshmaydigan kreditlar summasining 50%igacha kafillik olish;
- foiz stavkasi MB asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlar boʻyicha kreditning butun davriga (kredit olingan kundan boshlab 24 oydan koʻp emas) asosiy stavkadan oshgan (biroq asosiy stavkaning 30%idan koʻp boʻlmagan) foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya.
Quyidagilar toʻхtatib turiladi:
1) tadbirkorlik sub’yektlarining soliq qarzi boʻyicha penya hisoblash 2023 yilning 1 apreliga qadar;
2) tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun jarima sanksiyalarini qoʻllash hamda 04.02.2023 yilga qadar qoʻllanilgan jarima sanksiyalarini undirish;
3) tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar, shu jumladan dastlabki toʻlov toʻlanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023 yilning 1 apreliga qadar;
4) havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan davlat foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi 2023 yilning 1 apreliga qadar.
Davlat mulkidan foydalanish yuzasidan 2022 yildan buyon amalda boʻlgan ijara shartnomalari boʻyicha ijara toʻlovlari miqdori 2023 yil 1 aprelga qadar oʻzgarishsiz qoladi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi