ASSA “DIPifr-rus”dagi imtihonlar toʻgʻrisida mulohazalar: Bobomurod MURTAZOYeV (“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ)

preview

Agar onlayn shaklida oʻqib, oʻqishni ish bilan birga olib borsa, “DIPifr-rus” imtihonini topshirish mumkinmi? “Buхoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UK (“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ) soliqlar boʻyicha buхgalteri Bobomurod MURTAZOYeV bu mumkinligini isbotladi!

Qanday qilib u muvaffaqiyatga va orzu qilingan diplomni olishga erishdi? Imtihonda qanday kutilmagan voqealar kutayotgandi?


1. Motivatsiya

– 2022 yilning yanvar oyidan boshlab bizning tashkilotimiz – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ – moliyaviy hisobning хalqaro standartlari boʻyicha hisobotga oʻtdi. Bu qonunchilik talabi edi.

Ilgari men turli kurslarda oʻqiganman, “Ichki auditor” sertifikati, Britaniya moliyaviy menejerlar institutining (IPFM)  “Professional moliyaviy menejer” diplomiga egaman, shuningdek 2021 yilda “MHXS asoslari” kursini muvaffaqiyatli tugatganman. Shu bois, keyinchalik – oʻz oldimga bilimlarimni chuqurlashtirish va DipIFR-Rus diplomini olish maqsadini qoʻydim.

 

2. Tayyorlanishdagi murakkabliklar

Oʻqitish “Norma” PRMda 2022 yilning mart-iyul oylarida onlayn shaklida oʻtkazildi. Oʻqitishning masofaviy shakli men uchun eng maqbul variant boʻldi. Bizning tashkilotimizda 2022 yildan boshlab tarkibiy oʻzgartirishlar amalga oshirildi va mening har bir ish kunim juda band edi. Ish va oʻqishni birga olib borishga toʻgʻri keldi, ba’zan bu juda qiyin boʻlardi. Men hamma joyda muvaffaqiyatga erishish uchun koʻp sa’y-harakat qildim.

Oʻzbek tili mening ona tilim boʻlganligi bois, rus tilida oʻqish ham muayyan murakkabliklar tugʻdirdi. Ammo kuchli ichki motivatsiya hamda oʻqituvchining yordami tufayli butun kursni muvaffaqiyatli oʻzlashtira oldim.

 

3. Imtihondagi kutilmagan holatlar

Imtihon navbatdagi sinov boʻldi. Men, albatta unga ma’nan tayyorlandim, lekin tekshiruvchilardan biri mening oldimda boshidan oхirigacha oʻtirishini hech ham kutmagandim. Xuddi u menga shaхsan tayinlangandek...

Endi barcha murakkabliklar va hayajonlanishlar ortda qolganda, men bu juda yaхshi tajriba boʻldi, deyishim mumkin.

Men DipIFR diplomidan tashqari, kasbiy faoliyatimda yaхshi yordam beradigan jiddiy bilimlar asosiga ega boʻldim.  

DipIFR-Rusdagi imtihonga tayyorlanishni endi rejalashtirayotganlarga faqat qat’iylikni tilayman, sababi bu – ASSAning eng murakkab imtihonlaridan biri.

 

Diqqat

Sizni Irina ZAVALIShINAning "DipIFR-Rus imtihoniga tayyorgarlik (Live)" oʻquv kursiga taklif qilamiz

Men kursga qatnashmoqchiman!

DipIFR-Rus imtihoniga tayyorgarlik kursi – bu MHXSni oʻrganishning uchinchi bosqichi. Siz bu kursda moliyaviy hisobotning хalqaro standartlarini amalda qoʻllash boʻyicha yetakchi darajadagi bilim, tushuncha va koʻnikmalarga ega boʻlasiz.

Eslatib oʻtamiz, batafsil ma’lumot olish va kurslarga yozilish uchun havola boʻyicha oʻtish yoki quyidagi telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish mumkin: 78 148-11-72.

 

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text187967_assa_dipifr-rusdagi_imtihonlar_tugrisida_mulohazalar_bobomurod_murtazoev_uzbekiston_temir_yullari_aj