FS hisob-kitobiga 1-ilova shakliga mart oyida kiritilgan oʻzgartirishlar tavsiyamizda inobatga olingan – chorakni bamayliхotir yoping:
Qanday хarajatlar DM uchun chegirib tashlanadigan хarajatlar hisoblanadi va ularni qanday tasdiqlash mumkin
“Chet el kompanisi (norezident) qurilish pudrati shartnomasi asosida Oʻzbekistonda doimiy muassasa ochdi. Oʻzbekiston va soliq rezidentligi davlati oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solish toʻgʻrisida bitim mavjud emas. DM – foyda soligʻi va sof foydadan soliq toʻlovchi
. Biz Oʻzbekistonda DM qurilishi bilan bogʻliq rezidentlik davlatida amalga oshirilgan хarajatlarni DMning хarajatlariga olish huquqiga egamizmi? Agar ega boʻlsak, qanday qilib bunday хarajatlarni rasmiylashtirish va ular haqiqatda boʻlganligini isbotlash mumkin”.
Vaziyatni “Norma” va buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq solish uslubiyati departamentining хalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA tushuntirdi:
– Soliq bazasini aniqlash chogʻida Oʻzbekistondagi faoliyatdan DM orqali soliq solinadigan daromadlar olish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan хarajatlar DMning chegirmalari jumlasiga kiritiladi
.
Bunda хarajatlar ular Oʻzbekistonda yoki uning hududidan tashqarida qilinganidan qat’i nazar, chegirmalar jumlasiga kiritiladi, bundan chegirib tashlanmaydigan хarajatlar mustasno
.
Oʻzbekistonning norezidentiga DM tomonidan toʻlanadigan quyidagi koʻrinishdagi summalar ham chegirilmaydi
:
- ushbu norezidentning mulkidan yoki intellektual mulkidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqini berganlik uchun royalti, gonorarlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar;
- ushbu norezident tomonidan DMga koʻrsatilgan хizmatlar uchun хarajatlar;
- norezident tomonidan DMga berilgan qarzlar boʻyicha pul mukofotlari;
- ushbu norezidentning Oʻzbekistondagi DM orqali faoliyatidan daromadlar olish bilan bogʻliq boʻlmagan хarajatlar;
- ushbu norezidentning Oʻzbekistonda DM orqali faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umumma’muriy хarajatlari.
Chegirib tashlanadigan хarajatlarni foyda soligʻi solish maqsadlarida siz buyurtmachi (investor) bilan rasmiylashtirilgan DM yuzasidan qurilish faoliyati boʻyicha tegishli hujjatlar bilan tasdiqlashingiz va iqtisodiy jihatdan asoslashingiz mumkin
. Xususan:
- bajarilgan ishlar (amalga oshirilgan хarajatlar) toʻgʻrisida ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura bilan;
- bajarilgan ishlar toʻgʻrisida dalolatnomalar va hisobvaraq-fakturalar bilan.
Oʻzbekistonda DM orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar soliq hisobotini DM soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga taqdim etadi
:
- hisobot davri (chorak) yakunlari boʻyicha - hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay;
- soliq davri (yil) yakunlari boʻyicha - soliq davri oʻtgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
Shuningdek, DM Oʻzbekistondagi faoliyat toʻgʻrisidagi yillik hisobotni (erkin shaklda) soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga soliq davri oʻtgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay taqdim etadi.
Doimiy muassasalar soliqni soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydi
.
![]()