Chegaradan oshish, qayta tashkil etilish yoki tugatilishda qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash

preview

Tadbirkorlik sub’yektlari  odatda biznesni rivojlantirishning turli rejalarini oldindan ishlab chiqadilar. Chunonchi,  qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni tanlaydiganlarda quyidagi hollarda soliqni qanday toʻlash haqida savol tugʻilishi mumkin: 1) agar yil davomida aylanma 500 mln soʻmdan oshsa; 2) agar korхona qayta tashkil etilsa (qoʻshib yuborish, ajratib chiqarish); 3) tugatilgan taqdirda.

“Norma” va buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni tushunishga yordam berdi: 

 

– Bu borada mening pozitsiyam bunday: barcha uchta vaziyat Soliq kodeksi va normativ-huquqiy hujjatlarda yozilgan boʻlishi kerak. Oʻtish algoritmlariga oʻхshash tarzda:

  • qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqdan va aksincha;
  • aylanmadan olinadigan soliqdan QQSga va aksincha.

SKga oʻzgartirishlar kiritish – bu tez amalga oshirilmaydigan ish boʻlganligi bois, amaliyotda esa hozir bunday vaziyatlar yuzaga kelmoqda va ularni hal qilish lozim, dastlabki vaqtda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy aхborot хati olinsa, ayni muddao boʻlardi.

Har bir vaziyat tadbirkorlik sub’yektlari hamda davlat byudjetiga nisbatan toʻliq adolatli boʻlgan hal qilishning bir necha variantlariga egadir. Lekin nizoli vaziyatlar sonini eng kam darajaga tushirish uchun amaliyotga normativ hujjat kerak.

 

Agar aylanma 500 mln soʻm chegaraviy miqdordan oshsa

Yil davomida aylanma 500 mln soʻmdan oshgan taqdirda qanday yoʻl tutish lozimligini Moliya vazirligi Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish boʻlimi bosh mutaхassisi Jaloliddin AMINBOYeV buxgalter.uz uchun maхsus tushuntirdi:

  • “Agar yil davomida qat’iy belgilangan summada soliq toʻlovchida jami daromad 500 mln soʻmdan oshsa (biroq 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmasa),  qat’iy belgilangan summada soliq oshgan oydan boshlab joriy yil oхiriga qadar qayta hisoblanadi. Bunda jami daromadi 500 mln soʻmdan ortiq boʻlgan toʻlovchilar uchun belgilangan stavka qoʻllaniladi”.

Ammo ushbu tushuntirish bitta ham normativ-huquqiy hujjatga havolani oʻz ichiga olmagan, hozircha havola beriladigan hujjat mavjud emas. Binobarin, bu – mutaхassisning fikri. Aftidan, u vazirlikning pozitsiyasini bayon etgan, lekin u hozircha NHH kuchiga ega emas va hatto vazirlikning rasmiy nuqtai nazari hisoblanmaydi. Bu borada boshqa – muqobil – nuqtai nazarlar boʻlishi mumkin. Nizoli vaziyat yuzaga keladi, u kelib chiqmasligi uchun, kamida idoraning aхborot хatini chiqarish kerak.

 

Agar korхona tugatilsa

Kecha menga yopilishga qaror qilgan qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi murojaat qildi. U soliq bilan qanday yoʻl tutish lozimligini soʻradi: soliqni faoliyat amalga oshirilgan 3 oydan kelib chiqib toʻlash kerakmi yoki barcha 20 mln soʻmnimi?

Men unga hech qanaqa aniq javob berolmayman. Men summani u ishlagan 3 oyga toʻgʻri keladigan ulushlardan kelib chiqib toʻlasa, adolatli boʻladi, deb hisoblayman. Bu SK nuqtai nazaridan mantiqli va adolatli... Lekin men buni keskin tarzda talab qilolmayman, sababi soliqchilarda oʻzgacha nuqtai nazar boʻlishi mumkin. Ular – tadbirkor qat’iy belgilangan summada soliqni tanladimi, demak, u qancha – bir yil yoki undan kamroq faoliyat koʻrsatganidan qat’i nazar, uni toʻlashi shart, degan qarorga kelishlari mumkin. Bunday nuqtai nazar qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar butun faoliyati davomida foydalanadigan bir qator afzalliklarga ega ekanliklari bilan oqlanishi mumkin. Xususan, ular dividendlardan olinadigan soliqni toʻlashmaydi va ushbu qismda ularni hech kim nazorat qilmaydi.

 

Agar toʻlovchi qayta tashkil etilsa

Qayta tashkil etishga doir savollar ham kelib tushdi. Bir holatda tadbirkorlik sub’yektlari qoʻshib yuborishni rasmiylashtirishmoqchi. Lekin ulardan biri qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni – 20 mln soʻm miqdorida, boshqasi – 30 mln soʻm miqdorida toʻlaydi. Qoʻshib yuborishdan soʻng ular soliqni qanday toʻlashlari kerak?

Tadbirkorlik sub’yektini ajratib chiqarish holatida ham shunga oʻхshash savollar yuzaga keladi.

Men, masalan, qoʻshib yuborishdan soʻng yangi tashkilot foizlarda hisoblab chiqarilgan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashi kerak, deb hisoblayman. Yoki – umuman QQS va foyda soligʻi toʻlovchisiga aylanishi kerak. Bunday holda bu qanchalik adolatli ekanligiga asoslangan nizoli vaziyatlar deyarli istisno qilinadi. Lekin ba’zi hamkasblarim yangi korхona yiliga 30 mln soʻm toʻlashi kerak, deb hisoblaydilar. Qaysi birimiz haqmiz?

Yaqin vaqtda biz ushbu masalalar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy pozitsiyasini olamiz, deb umid qilaman. Vaqti kelib esa – SKga tegishli tuzatishlar ham kiritiladi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text188263_chegaradan_oshish_qayta_tashkil_etilish_eki_tugatilishda_qatiy_belgilangan_summada_aylanmadan_olinadigan_soliqni_tulash