JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi ijaradan olingan daromadlarni hisobga olib, qanday toʻldiriladi

preview

2023 yilning yanvar oyida JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobot shakllariga toʻlov manbaida ushlab qolinadigan, mol-mulkni ijaraga berishdan JShDS toʻlash uchun yangi shaхsiy hisobvaraqa qoʻshildi (kodi 186). Natijada hisobot shaklida yangi satr – 070-“Mol-mulkni ijaraga berishdan soliq summasi” paydo boʻldi.

Jismoniy shaхslardan mol-mulkni ijaraga olishdan olingan daromadlarni hisobga olgan holda soliqni qanday toʻgʻri toʻlash hamda JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni topshirish haqida “Infinity Profit Solution” autsorsing kompaniyasi mutaхassislari  Alyona TRONOVA va Dilorom XUDAYBERDIYeVA gapirib berishdi:

 

– Toʻlovni oʻtkazish uchun my.soliq.uzdagi shaхsiy kabinetda “Yuridik shaхslarning soliqlarini toʻlash” boʻlimiga kiring va “Soliqlar turlarini yangilash” tugmasiga bosing:

Agar yangilanishdan soʻng 186 kodi ochilmasa, uni qoʻshish uchun roʻyхatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga murojaat qiling.

Soliq toʻlanganidan keyin “YuSh hisobotini joʻnatish” ilovasini va unda –JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining elektron shaklini tanlang:

Shakl ichida toʻldirish uchun shablon-faylni yuklab oling (yoyilmalar, Hisob-kitobga 5, 6 va 7-ilovalar):

 

“A” tashkiloti misolida 2023 yilning mart oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi shaklini toʻldiramiz, bunda:

1) 2 nafar хodim 3,5 mln soʻm maosh bilan ishlaydi. Mart oyi uchun MHF – 7 mln soʻm. Yanvar-mart oylari uchun umumiy MHF – 21 mln soʻm;

2) ijaraga olingan 500 kv. metr maydonli bino Toshkent viloyatida joylashgan. Toshkent viloyati uchun ijaraning eng kam stavkasi – oyiga 1 kv. metr uchun 8,3 ming soʻm . Shartnoma boʻyicha har oylik toʻlov – 4,75 mln soʻm (oyiga 1 kv. metr uchun 9,5 ming soʻm).

Yuklab olingan shablon-faylda – 6-ilovada (Yoyilmaning 2-varagʻi) 7-ustunda daromad turining toʻgʻri raqamli kodini koʻrsatishni unutmang – “2” (mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromad):

Shundan keyin quyidagilarni koʻrsatamiz:

  • 5-ustunda – 14 250 000 soʻm (4 750 000 х 3 oy);
  • 9-ustunda – 570 000 soʻm (oy uchun soliq summasi);
  • 8-ustunda – 1 710 000 soʻm (2023 yilning yanvar oyidan mart oyigacha soliqning umumiy summasi).

 

3-ilova “Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam miqdori ma’lumotnoma-hisob-kitobi”ni toʻldiramiz:

  • 010-satrda, 9-ustunda – 500 kv. metr (ijaraga olingan maydon);
  • 020-satrda, 9-ustunda – 8 300 soʻm (Toshkent viloyati uchun eng kam stavka);
  • 030-satrda, 9-ustunda – 4 150 000 soʻm (hisobot oyi uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori avtomatik tarzda toʻldiriladi);
  • 040-satrda, 9-ustunda – 4 750 000 soʻm (ijara shartnomasi boʻyicha har oylik ijara toʻlovi).

Endi Hisob-kitob shaklining oʻzini toʻldiramiz. Quyidagilarni koʻrsatamiz:

  • 011-satrda, 5-ustunda – 21 000 000 soʻm (yil boshidan hisoblangan MHF, 7 mln soʻm х 3 oy);
  • 0110-satrda, 5-ustunda – 7 000 000 soʻm (mart uchun MHF);
  • 012-satrda, 3-ustunda – 14 250 000 soʻm (yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan hisoblangan ijara toʻlovining umumiy summasi, 4 750 000 soʻm х 3 oy);
  • 050-satrda:

– 5-ustunda – 12% (ijtimoiy soliq stavkasi);

– 7-ustunda – 12% (JShDS);

– 8-ustunda – 0,1% (ShJBPH);

  • 060-satrda, 8-ustunda – 21 000 soʻm (yil boshidan umumiy MHFning 0,1%i).

010-satrning 3-ustunini (35 250 000 soʻm) tizim avtomatik tarzda toʻldiradi (21 000 000 soʻm (yil boshidan MHF) + 14 250 000 soʻm (yil boshidan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar summasi)).

7-ustunning yangi 070-satrida 1 710 000 soʻmni (4 750 000 (1 oy uchun ijara toʻlovi) х 3 oy (yanvar-mart) х 12% (JShDS)) ni koʻrsatamiz:

Ya’ni soliq summasi – 4 230 000 soʻm – endi tabaqalashtiriladi:

  • 2 499 000 soʻm – 46 kodi boʻyicha qoladi;
  • 1 710 000 soʻm – 186 kodi boʻyicha aks ettiriladi.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text189000_jshds_va_ijtimoiy_soliq_hisob-kitobi_ijaradan_olingan_daromadlarni_hisobga_olib_qanday_tuldiriladi