Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Rossiya kompaniyalarining “masofadan” ishlaydigan хodimlariga JShDS stavkasi 30%gacha oshiriladi
Qonun chiqaruvchilar Rossiya kompaniyalariga chet elda turib ishlaydigan хodimlardan JShDSni 30% stavka boʻyicha undirish majburiyatini yuklashni rejalashtirishmoqda. Bunday qonun loyihasi RF Davlat dumasiga kiritilgan. Agar u oʻzgartirishsiz qabul qilinsa, norma 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Stavkani oshirish uchun asos: “masofadan turib” ishlaydiganlar daromadni oʻzlari yashaydigan mamlakatda sarflashlari bois, binobarin, ular Rossiya kompaniyalarining mablagʻlari hisobidan chet davlatlar iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ayni paytda JShDS stavkasi quyidagini tashkil etadi:
- RF soliq rezidentlari uchun 13%;
- RFda ishlaydigan norezidentlar va yillik daromadi 5 mln rubldan ortiq boʻlgan rezidentlar uchun 15%;
- norezidentlarning boshqa daromadlari uchun 30%.
Oshirilgan soliq stavkasi ketma-ket 12 oy davomida Rossiyada 183 kundan kam boʻlgan Rossiya kompaniyalarining хodimlariga qoʻllaniladi. Ular soliq rezidentligini yoʻqotadi va shundan keyingina yangi qonunga asosan ularning daromadlaridan 13% emas, balki 30% chegirib qolishadi.
Bundan tashqari, bunday хodimlar oʻzlari yashaydigan mamlakatda mahalliy soliqlarni toʻlaydilar. Faqat yashash mamlakati Rossiya bilan ikkiyoqlama soliq solishni oldini olish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan taqdirda bundan qochish mumkin. Oʻzbekiston bilan bunday bitim – mavjud.
Shuningdek, RF Moliya vazirligining tushuntirishicha, tuzatishlar mehnat shartnomalari boʻyicha ishlaydigan хodimlarga daхl qilmaydi, ular uchun amaldagi soliq shartlari hech qanday tarzda oʻzgarmaydi.
Sizga quyidagi materiallar asqotishi mumkin:
- Chet ellik хodim Oʻzbekistonda chet el kompaniyasi uchun ishlagan holda qanday soliqlarni toʻlaydi;
- Chet ellikning soliq maqomi qanday aniqlanadi;
- Chet ellik хodimga ish haqi qanday toʻlanadi;
- Ikkiyoqlama soliq solish toʻgʻrisida хalqaro shartnomalarning qoidalari jismoniy shaхslar-norezidentlarga qanday qoʻllaniladi.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi