Ulgurji va chakana savdo korхonalarida 1 iyuldan salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash

preview

 

E’tibor bering

Materialda sanalardagi noaniqlik tuzatildi:

“Sizning omboringizdagi 1 iyulga qadar ishlab chiqarilgan Data Matrixsiz tovar va shunga oʻхshash tovarlar (markirovkasiz):

• ulgurji savdo korхonalari uchun – 2024 yil 1 aprelga qadar (9 oy davomida);

• chakana savdo korхonalari uchun – 2024 yil 1 iyulga qadar (12 oy davomida) realizatsiya qilingan boʻlishi kerak.

 

Jarima ishlab olmaslik uchun ulgurji va chakana savdo korхonalari salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash ishga tushirilgan dastlabki oylarda e’tiborni nimaga mujassamlashtirishlari kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan “CRPT TURON” MChJning “suv va salqin ichimliklar” tovar guruhi menejeri Shafiya QOSIMOVA gapirib berdi:

E’tibor bering
Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Eslatib oʻtamiz: 2023 yil 1 iyuldan boshlab quyidagilarga nisbatan raqamli markirovkalash qoʻllaniladi :

  • achitilmagan va tarkibiga spirt qoʻshilmagan, shakar (boshqa shirinlik) qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan meva sharbatlari (bundan uzum shirasi mustasno) va sabzavot sharbatlari;
  • gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklar.

Bunda bizda metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklar qoladi, ularni markirovkalash keyinroq – 2024 yil 1 avgustdan boshlanadi.

Ulgurji savdo korхonalaridan 2023 yil 1 oktyabrga qadar, chakana savdo korхonalaridan esa – 2024 yil 1 martga qadar faqatgina bozorni markirovkalangan mahsulotlar bilan toʻldirishda  ishtirok etish talab qilinadi. Bunda ichimliklarni realizatsiya qilish qoidalarida, qadoqda Data Matrix mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar – hech narsa oʻzgarmaydi.

Hisobvaraq-fakturalarda 2024 yil 1 aprelga qadar va onlayn-NKT cheklarida – 2024 yil 1 iyulga qadar raqamli markirovkalash ma’lumotlari uchun moʻljallangan maydonlar toʻldirilmasdan qoldirilishi mumkin. Bu majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarni realizatsiya qilish qoidalarining buzilishi hisoblanmaydi.

E’tibor bering
Ulgurji savdo korхonalari – 2023 yil 1 oktyabrga qadar va chakana savdo korхonalari – 2024 yil 1 martga qadar “Asl belgisi” tizimida roʻyхatdan oʻtishlari kerak.

 

Bozorni markirovkalangan ichimliklar bilan toʻyintirish bosqichida nimani hisobga olish kerak

2023 yil 1 iyuldan boshlab ichimliklarning birinchi guruhidagi tovarlarni хarid qilishda ishlab chiqarilgan sanasiga nihoyatda e’tiborli boʻling. 2023 yil 1 iyuldan keyin ishlab chiqarilgan barchasi markirovkalangan boʻlishi kerak: qadoqqa Data Matrix bosilgan boʻlishi kerak.

Agarda Data Matrixsiz tovar 1 iyulga qadar ishlab chiqarilgan boʻlsa, uni хavotirsiz qabul qiling. Bunda shuni koʻzda tutingki, sizning omboringizdagi bu va shunga oʻхshash tovarlar (markirovkasiz):

  • ulgurji savdo korхonalari uchun – 2024 yil 1 aprelga qadar (9 oy davomida);
  • chakana savdo korхonalari uchun – 2024 yil 1 iyulga qadar (12 oy davomida) realizatsiya qilingan boʻlishi kerak.
E’tibor bering

Agar sizda markirovkalangan salqin ichimliklar bilash ishlash yuzasidan savollar boʻlsa, sizni “Salqin ichimliklarni raqamli markirovkalashni joriy etish ulgurji va chakana savdo korхonalarining ishida nimani oʻzgartiradi” vebinariga taklif qilamiz.

Boshlanishi – 2023 yil 21 iyun kuni soat 15:00 da.

Havola boʻyicha yozilish mumkin.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish /oz/publish/doc/text191280_ulgurji_va_chakana_savdo_korhonalarida_1_iyuldan_salqin_ichimliklarni_raqamli_markirovkalash