Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
Foizlar toʻlashda norezidentning daromadidan olinadigan soliqning qaysi stavkasini qoʻllash kerak
“Tashkilot Shveysariya kompaniyasidan qarz oldi. Ikki mamlakat oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisida хalqaro bitim mavjud. Qarz beruvchi rezidentlik sertifikatini va toʻlovlarning yakuniy oluvchisi hisoblanishi tushuntirilgan хatni taqdim etdi.
Qarz oluvchi Bitimning 11-moddasi 1 bandiga havola bergan holda: “Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlarga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin”, qarz boʻyicha foizlarni toʻlashda norezidentning daromadlaridan olinadigan soliqni ushlab qolish kerak emas, deb hisoblaydi.
Mazkur vaziyatda qarz boʻyicha foizlarni toʻlashda norezidentning daromadlaridan olinadigan soliqni ushlab qolish kerakmi?”
Savolga «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:
– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasidagi daromad va kapitalning ikkiyoqlama soliqqa tortilishining oldini olish toʻgʻrisida Bitimning 11-moddasi 1 va 2-bandlariga asosan Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlarga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Biroq, bunday foizlarga ular shu Ahdlashuvchi Davlat qonun hujjatlariga muvofiq hosil boʻlayotgan shu Ahdlashuvchi Davlatda ham soliq solinishi mumkin. Lekin, agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bu holda soliq foizlarning yalpi summasining 5%idan oshmasligi kerak. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishuvga koʻra ushbu cheklovlarni qoʻllash usullarini tartibga soladilar.
“Soliq solinishi mumkin” iborasi “Dividendlar”, “Foizlar”, “Royalti” moddalarida bunday daromadlarga daromad manbai boʻlgan mamlakatda, agar ushbu mamlakatning milliy qonun hujjatlarida dividendlar, foizlar, royaltiga soliq solish nazarda tutilgan boʻlsa, majburiy tartibda soliq solinishini anglatadi.
OʻzRning Soliq kodeksida dividendlar, foizlar, royaltiga soliq solish nazarda tutilgan
. Xalqaro shartnomalar normalarini qoʻllashda norezidentning mazkur daromad turiga haqiqiy huquqini tasdiqlash lozim
.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, daromadga haqiqiy huquq mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekistonning rezidenti boʻlgan korхona foizlar tarzidagi daromad manbai sifatida Ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitimga asosan norezidentning daromadlaridan olinadigan soliqni 5% stavka boʻyicha ushlab qolishi shart.
![]()