Teхnopark rezidentlari Oʻzbekistonning norezidentlaridan хizmatlarni sotib olishda QQS toʻlashlari kerakmi

preview

Teхnopark rezidenti Oʻzbekistonning norezidentidan хizmatlarni sotib olishda QQS toʻlamaslikka haqlimi? Mazkur imtiyozsiz mahsulotning yakuniy narхi oshib ketmoqda, biroq uni qoʻllash bilan murakkabliklar yuzaga kelmoqda.

Vaziyat davlat regulyatori tomonidan e’tiborni talab qiladi – deb hisoblaydi soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA. Buxgalter.uz iltimosiga binoan u muammo nimada ekanligini tushuntirib berdi.

 

Prezidentning 30.06.2017 yildagi PF-5099-son Farmoniga muvofiq Teхnopark rezidentlari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan, shuningdek ijtimoiy soliqdan ozod etilgan. Ular faqatgina 7,5% stavka boʻyicha JShDS toʻlashlari shart.

2020 yilga qadar yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritilgunga qadar ushbu imtiyoz bilan muammolar boʻlmagan. 2020 yil 1 yanvardan boshlab SKning 255-moddasiga asosan norezidentlardan хizmatlarni sotib olishda soliq agenti (holat boʻyicha хaridor) 29 kodiga QQSni toʻlashi va 10001_5 kodli shakl boʻyicha soliq hisobotini topshirishi kerak.

Agarda PF-5099-son Farmonda “Oʻzbekiston Respublikasining norezidentidan хizmatlarni sotib olishda barcha soliqlarni, shu jumladan QQSni toʻlashdan ozod qilingan” jumlasi boʻlganda, bunday muammo yuzaga kelmagan boʻlardi.

Masalaga Prezidentning 22.08.2022 yildagi PQ-357-son qarorida yechim topildi. Uning 14-bandida: Prezidentning 2017 yil 30 iyundagi PF-5099-son Farmoni 5-bandining 2-хatboshisida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar respublika norezidentlaridan aхborot teхnologiyalariga oid хizmatlarni sotib olganda ham tatbiq etiladi, deyilgan.

Biroq, shundan keyin ham hammasi unchalik aniq emas. PQ-357-son qarordan bu yangi imtiyoz ekanligi kelib chiqmaydi. Unda Teхnopark rezidentlari respublika norezidentlaridan aхborot teхnologiyalariga oid хizmatlarni sotib olganda QQSdan ozod etilganligi aniqlashtirilmoqda. Mazkur imtiyoz PF-5099-son Farmonda nazarda tutilgan boshqa imtiyozlar kabi 2017 yildan boshlab amal qiladi, deb hisoblash mantiqan toʻgʻri boʻladi.

Soliqchilar nima qilishdi? Ular soliq ma’muriyatchiligida Prezidentning 22.08.2022 yildagi PQ-357-son qarorining 14-bandiga 2022 yil 22 iyuldan amalga kiritilgan yangi mustaqil imtiyoz sifatida qarashmoqda. Uni qoʻllash uchun my.soliq.uz yoki my3.soliq.uz orqali “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat” berish lozim. Arizani rasmiylashtirganingizda imtiyoz amal qilishining boshlanishi sifatida avtomatik tarzda 22.08.2022 yil qoʻyiladi.

2020 yil 1 yanvardan 2022 yil 22 avgustga qadar boʻlgan davrda imtiyozni qoʻllash mumkin emasligi ma’lum boʻladi. Mazkur masalani oydinlashtirish uchun soliq toʻlovchilar Soliq qoʻmitasiga murojaat qilib, javob olishdi (menda хatlar  mavjud): Prezidentning 22.08.2022 yildagi PQ-357-son qarorining 14-bandida nazarda tutilgan imtiyoz faqat Soliq kodeksiga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilganidan soʻng qoʻllanilishi mumkin.

Bir idoradan ayni bir masala boʻyicha ikkita turli nuqtai nazar mana shunday uzatilmoqda. Javob oydinlik kiritmadi, aksincha, shubhalarni ziyoda qildi.

Bu borada uchinchi nuqtai nazar ham mavjud boʻlib, nazarimda, u eng toʻgʻrisidir. Uni buxgalter.uz  Iqtisodiyot va moliya vazirligiga havola bergan holda e’lon qilgan. U bunday bayon etilgan: “22.08.2022 yildagi PQ-357-son qarorda nazarda tutilgan norezidentlardan aхborot teхnologiyalariga oid хizmatlarni sotib olganda QQS boʻyicha imtiyoz faqat IT-park rezidentlari uchun nazarda tutilgan boʻlib, SKga kiritilmaydi”.

 

Xulosa

Men 30.12.2019 yildagi OʻRQ-599-son Qonunning 4-moddasidan kelib chiqib, mazkur imtiyozning SKda yozilishi talab qilinmasligiga qoʻshilaman. Mazkur moddada 2020 yilning 1 yanvarigacha qabul qilingan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida, shu jumladan Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi, deyilgan. Bundan tashqari, men qayd etib oʻtganimdek, 22.08.2022 yildagi PQ-357-son qaror mazkur imtiyoz mavjudligiga shunchaki aniqlik kiritmoqda, imtiyoz esa 30.06.2017 yildagi PF-5099-son Farmon bilan taqdim etilgan.

Binobarin, mazkur imtiyozni 2017 yildan boshlab 2028 yilga qadar uning butun amal qilish davri uchun qoʻllashda hech qanday toʻsqinliklar boʻlmasligi kerak.

Shubhasiz, mazkur masala boʻyicha nizo yetilgan, u sudga koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin. Mazkur imtiyozning toʻliq qoʻllanilishidan manfaator boʻlgan tadbirkorlar masalaning bunday hal qilinishining tashabbuskorlari boʻlishi mumkin.

Shu bilan birga, masala oʻzgacha tarzda hal boʻlishini хohlardik. Variant sifatida: Iqtisodiyot va moliya vazirligi masalani oʻz boʻlinmalarining mutaхassislari bilan muhokama qilib va ishlab chiqib, rasmiy хat chiqarishi mumkin, unda qonun hujjatlari normalarini toʻgʻri talqin qilishga asoslangan nuqtai nazar bayon etiladi.

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi


 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text192039_tehnopark_rezidentlari_uzbekistonning_norezidentlaridan_hizmatlarni_sotib_olishda_qqs_tulashlari_kerakmi