Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi aksiz markalari joriy etiladi: eskilarini nima qilish kerak

preview

2023 yil 1 avgustdan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. Yangi markalarga oʻtish jarayoni 26.07.2023 yildagi 313-son VMQ bilan reglamentlangan.

 

Aksiz markalarini sotib olish uchun import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda “Davlat belgisi” DUKga murojaat qilishlari mumkin.

Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga hozircha eski namunadagi aksiz markalaridan yangi namunadagi aksiz markalari bilan bir vaqtda foydalanishga ruхsat beriladi. Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida – ya’ni 2024 yil 1 yanvarga qadar realizatsiya qilish mumkin.

Ulgurji va chakana savdo tarmogʻida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin 12 oy oʻtgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.

2024 yil 1 noyabrdan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda sotilishining oldini olish choralari koʻriladi.

Yangi namunadagi markalar qanday koʻrinishga ega, bu yerda qarang.

 

Manba.

 

 

Qonun hujjatlari yangiliklarini tezkor tarzda oʻqish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text192057_alkogol_va_tamaki_mahsulotlariga_yangi_akciz_markalari_joriy_etiladi_eskilarini_nima_qilish_kerak