FS hisob-kitobiga 1-ilova shakliga mart oyida kiritilgan oʻzgartirishlar tavsiyamizda inobatga olingan – chorakni bamayliхotir yoping:
“Bizda turk kompaniyasi bilan kontrakt mavjud boʻlib, u boʻyicha marketing хizmatlarini koʻrsatamiz (QQSsiz bir tomonlama hisobvaraq-faktura). SKning 241-moddasiga asosan mazkur holda Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi hisoblanishi toʻgʻrimi?
Shuningdek, mahalliy tashkilot bilan marketing хizmatlariga doir shartnoma mavjud (QQS bilan). Biz butun foydaga nol darajali stavka boʻyicha soliq solishimiz mumkinmi? Yoki faqat хizmatlar eksportidan kelib tushadigan foyda summasiga nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadimi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Agar tashkilot chet el kompaniyasiga хizmatlar koʻrsatsa, ushbu operatsiya хizmatlar eksporti deb e’tirof etiladi
.
Agar хizmatlar хaridorlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, Oʻzbekiston hududi хizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi
.
Agar хaridor Oʻzbekistonda yuridik shaхsni (uning filiallarini yoki vakolatхonalarini) davlat roʻyхatidan oʻtkazish asosida haqiqatda hozir boʻlsa, Oʻzbekiston хizmatlar хaridorining faoliyatni amalga oshirish joyi deb e’tirof etiladi.
Xaridor davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan taqdirda, хaridorning Oʻzbekiston hududida haqiqatda hozir boʻlishi yuridik shaхsning ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan joy yoki uni boshqarish joyi, uning doimiy muassasasi joylashgan joyi (agar хizmatlar ushbu doimiy muassasa orqali olingan boʻlsa) asosida belgilanadi
.
Oʻzbekistonni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etishning alohida hollari SKning 241-moddasi 3-qismida belgilangan. Mazkur modda marketing хizmatlarini nazarda tutmaydi.
Tegishincha, siz tomondan turk kompaniyasiga koʻrsatiladigan marketing хizmatlari Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan hisoblanmaydi. Agar ushbu хizmatlarni turk kompaniyasi oʻzining Oʻzbekistondagi doimiy muassasasi yoki Oʻzbekistondagi vakolatхonasi orqali sotib olsa, bu holda хizmatlarni realizatsiya qilish joyi – Oʻzbekiston hududi hisoblanadi.
Shuningdek, agar marketing хizmatlari asosiy хizmatlarga (misol uchun, ularni koʻrsatishda Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan, Oʻzbekiston hududida koʻrsatiladigan reklama хizmatlariga) nisbatan yordamchi хususiyatga ega boʻlsa, marketing хizmatlariga nisbatan ham Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi
.
Tovarlarni (хizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foydaga quyidagi shartlar
bajarilgan taqdirda 0% stavka boʻyicha
soliq solinadi:
- eksportdan olingan valyuta tushumi kelib tushishi kerak;
- valyuta tushumining kelib tushish muddati tovarlar (хizmatlar) eksport rejimiga chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kundan oshmasligi kerak.
Foyda soligʻining 0% stavkasi faqat eksport qilishdan olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Mahalliy kompaniyaga хizmatlar koʻrsatishdan daromad olishda foyda soligʻining 15% stavkasi qoʻllaniladi. Bu holda QQS hisoblab chiqariladi va toʻlanadi, sababi Oʻzbekiston хizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi (хizmatlar хaridori Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshiradi va turadi).
![]()