Xaridor EHFni koʻrib chiqishi uchun belgilangan 10 kunlik muddat qaysi sanadan hisoblanadi

preview

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻrisida nizomda хaridorga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturani koʻrib chiqish muddatini qaysi kundan: EHF sanasidan yoki u taqdim etilgan sanadan boshlab hisoblash yuzasidan aniqlik yoʻq.

Buxgalter.uz Soliq qoʻmitasining QQS boshqarmasi boʻlimi katta inspektori Gulnoza QARShIYeVAdan vaziyatni aniqlashtirib berishni iltimos qildi:

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda quyidagilar belgilangan :

  • yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan EHF 10 kalendar kun, raqamli markirovkalanishi talab qilinadigan mahsulotlar boʻyicha esa – 1 kalendar kun ichida sotib oluvchi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etilishi kerak;
  • sotib oluvchi tomonidan ushbu muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

Nizomda koʻrsatilgan muddatlarni EHF taqdim etilgan kundan boshlab hisoblash lozim. Agar muddatning oхirgi kuni dam olish kuni yoki ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi.

Misolni koʻrib chiqamiz: 31 iyuldagi EHF 7 avgust kuni taqdim etildi. Bugun, 14 avgustda u rad etildi.

Bu holda hammasi toʻgʻri, sababi koʻrib chiqish uchun belgilangan 10 kun taqdim etish sanasidan, ya’ni 7 avgustdan boshlab hisoblanadi. Bunday EHFni, bundan raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar uchun EHF mustasno, koʻrib chiqish muddati 17 avgustda tamom boʻladi.

17 avgustdan boshlab EHF, agar u tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan boʻlsa, tasdiqlangan hisoblanadi, ya’ni avtomatik tarzda soliq hisob-kitoblariga qabul qilinadi.

 

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 



EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text192519_haridor_ehfni_kurib_chiqishi_uchun_belgilangan_10_kunlik_muddat_qaysi_sanadan_hisoblanadi