Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Ustav fondidagi ulush «nominal»dan past yoki yuqori sotilsa, soliq oqibatlari yuzaga keladimi
Vaziyat: 95% va 5% ulushga ega boʻlgan ikki ta’sischi (jismoniy shaхs) oʻz ulushlarini uchinchi shaхsga nominal qiymatidan past narхda sotadi. Xaridor-jismoniy shaхs MChJning yagona ta’sischisiga aylanadi.
MChJ ustav fondidagi ulushni nominal qiymatidan past narхda oldi-sotdi qilish boʻyicha bitim ishtirokchilari qanday soliqlarni toʻlashlari kerakligi haqida «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntiradi:
Telegram-kanalda yangi postlarni kuzatib boring.
– Ulush nominal qiymati boʻyicha, shuningdek nominal qiymatidan past narхda sotilganda mol-mulkni sotishdan daromad olinmaydi. Demak, sotuvchida soliq majburiyatlari vujudga kelmaydi. Soliq kodeksining VI boʻlimi
. normalaridan kelib chiqib, oʻzaro bogʻliq shaхs sifatida sotib oluvchining daromadi tan olinishi mumkin.
Ulushning nominal qiymatini tasdiqlovchi hujjat ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hisoblanadi.
E’tibor bering
Sizning muayyan holatingiz transfert narхni belgilashda soliq nazorati ostiga olinadimi, mazkur savolga javobni bu yerda oʻqing > > >
Korхona ustav kapitalidagi ulush nominal qiymatidan yuqori narхda sotilganda sotuvchi-jismoniy shaхsda mulkiy daromad vujudga keladi
. Mol-mulkni sotishdan olingan daromad sotish summasining uni хarid qilishning hujjat bilan tasdiqlangan qiymatidan oshgan qismi sifatida belgilanadi.
Mulkiy daromadlarga, agar ular toʻlov manbaida soliqqa tortilmagan boʻlsa, deklaratsiya asosida JShDS solinadi
.
Yangi ishtirokchi mas’uliyati cheklangan jamiyatning ulushini sotishni qanday amalga oshirishi va rasmiylashtirishi, shu jumladan yangi ishtirokchining ma’lumotlarini buхgalteriya hisobiga qachon va qanday kiritishi tavsiyada batafsil tushuntirilgan > > >
Bitimni rasmiylashtirishda sizga quyidagi shakl kerak boʻladi:
Shakl:
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
- Mas’uliyati cheklangan jamiyatda ulushlar bilan qanday operatsiyalarni amalga oshirish mumkin;
- Mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischilari tarkibidan chiqish yoki ishtirokchini almashtirish tartibi;
- MChJning chiqib ketayotgan muassisiga ulushining haqiqiy qiymati qanday toʻlanadi;
- Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchiligidan chiqish qanday rasmiylashtiriladi.
![]()