Chet el kompaniyasidan agentlik хizmatlarini olishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

preview

“Umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi boʻlgan Oʻzbekiston kompaniyasi agentlik bitimi tuzdi. Shartnoma boʻyicha Rossiya kompaniyasi – agent Oʻzbekiston kompaniyasi uchun boshqa Rossiya kompaniyasiga loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga buyurtma beradi.

Oʻzbekiston kompaniyasi agentning хizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq barcha хarajatlarini qoplaydi va agentga vositachilik haqi toʻlaydi. Shartli ravishda, hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha хizmatlar uchun 1 000 Rossiya rubli qoplab beriladi, vositachilik haqi 200 rublga teng, shartnomaning umumiy summasi – 1 200 rubl.

Oʻzbekiston kompaniyasida qaysi summadan qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Ikkala Rossiya kompaniyasidan soliq rezidentligi toʻgʻrisidagi hujjatni soʻrab olish kerakmi?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori  Radmila KARIMOVA javob berdi:

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Norezidentning daromadlaridan olinadigan foyda soligʻi

– Chet el yuridik shaхslarining daromadlariga soliq solish SKning 50-bobi “Norezidentlarning doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlariga soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari” bilan tartibga solinadi. Bu toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlardir.

Agar Rossiya kompaniyasi – agent Oʻzbekiston hududida agentlik хizmatlarini koʻrsatsa, bu holda norezidentning daromadi yuzaga keladi .

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisida хalqaro bitim (Moskva, 1994 yil 2 mart, OʻzR uchun 1995 yil 27 iyuldan kuchga kirgan) tuzilganligi bois, Rossiya kompaniyasi OʻzRda soliq solishdan ozod qilinishi mumkin. Buning uchun ikkita shartga rioya qilinishi lozim:

  • daromadni toʻlash paytida Rossiya kompaniyasi – agent tomonidan sizga soliq rezidentligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etilgan ;
  • mazkur kompaniyaning faoliyati doimiy muassasa tashkil etilishiga olib kelmaydi.

Agar Rossiya kompaniyasi – agent Oʻzbekistondan tashqarida хizmatlar koʻrsatsa, bu holda хizmatlar koʻrsatishdan olingan daromad yuzaga kelmaydi .

Sizning agentingiz loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga buyurtma beradigan Rossiya kompaniyasi uchun Oʻzbekistonda soliq solinadigan daromad yuzaga kelmaydi, sababi u OʻzRning rezidentidan daromad olmaydi .

Norezidentlar daromadlaridan toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi haqida quyidagi tavsiyada batafsil oʻqing:

 

QQS

Oʻzbekiston hududi хizmatni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi, sababi хizmatning хaridori – Oʻzbekiston kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshiradi (turadi) .

QQSni qanday hisoblab chiqarish va toʻlash haqida batafsil – quyidagi tavsiyalarda oʻqing:

 

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text192960_chet_el_kompaniyasidan_agentlik_hizmatlarini_olishda_qanday_soliq_oqibatlari_yuzaga_keladi