Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Tadbirkorlik sub’yekti tugatilsa, qat’iy belgilangan soliqni qanday miqdorda toʻlash kerak
«Qat’iy byelgilangan summadagi aylanma soligʻini toʻlovchi bir yil ichida tugatishni amalga oshirishga qaror qildi. Soliq inspeksiyasining ta’kidlashicha, joriy yil uchun belgilangan summadan kelib chiqib qat’iy belgilangan soliqni baribir toʻlash kerak.
Bu holatda soliq organi хodimlari haqmi?»
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA izohladi:
– Bunday savolga bir necha bor duch kelganman. Soliq organi хodimlari tugatish sanasidan qat’i nazar, yil uchun qat’iy belgilangan soliqning barcha summasini toʻlash kerakligini ta’kidlashadi. Ya’ni, aylanma miqdoridan kelib chiqib 20 yoki 30 mln soʻm
.
Bu soliq organlarining rasmiy pozitsiyasimi yoki uning alohida хodimlarining fikrimi?
Ba’zi bir soliq toʻlovchilar muammoni tugatish toʻgʻrisidagi хabarnoma berilgandan keyin hisoblab yozish toʻхtatiladigan toʻlovlar orasida qat’iy belgilangan summadagi aylanma soligʻining yoʻqligida koʻrishadi
. Bu masala Soliq kodeksi bilan tartibga solinishi kerakligi haqidagi eslatma bilan ularning fikriga qoʻshilaman. Ayni paytda bunday normalar hech qayerda yoʻq.
Menimcha, yil davomida qat’iy belgilangan soliqqa oʻtadiganlar uchun SKning 470-1-moddasida nazarda tutilganiga oʻхshash normani oʻrnatish mantiqan toʻgʻri. Bunday holda soliq miqdori qat’iy belgilangan summani oʻn ikkiga boʻlish va olingan natijani joriy soliq davrining yakuniga qadar qolgan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda yil uchun qat’iy belgilangan summani toʻlash kerakligini talab qiladigan soliq organlari vakillari va haqiqatda ishlab berilgan davrga mutanosib ravishda toʻlashni istagan soliq toʻlovchilar oʻrtasida munozarali vaziyat yuzaga kelmoqda.
Soliq toʻlovchilarga tavsiyalar
1. Nizoni sudda hal qilish
Sudda oʻz manfaatlariga rioya qilgan holda masalani hal qilishga erishish imkoniyati mavjud.
Soliq kodeksining 13-moddasiga muvofiq soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlaridagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq toʻlovchining foydasiga talqin etiladi. Soliq organlari хodimlari oʻz fikrida sobit turganligi, normativ-huquqiy hujjatlardan esa qanday boʻlishi kerakligi noma’lum boʻlganligi sababli, soliq toʻlovchilar sudda oʻz huquqlarini himoya qilish imkoniyatiga ega.
2. Tugatishni oldindan rejalashtirish
Koʻpchilik soliq toʻlovchilar sudlashishni istamaydi. Bunday holda biznes jarayonlarini oldindan rejalashtirishni tavsiya etish mumkin.
Misol uchun, agar siz 2024 yil davomida tugatishni rejalashtirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda bu yil oʻylashingiz kerak. 2024 yildan boshlab oddiy aylanma soligʻiga oʻtishni tavsiya qilaman. Buning uchun yangi yil boshlanishidan oʻn kun oldin хabarnomani topshirishga ulgurishingiz kerak
.
E’tibor bering: kelgusi yil (soliq davri) boshidan boshlab qat’iy belgilangan soliq summasidan aylanma soligʻi toʻlashga oʻtish mumkin
.
2024 yil yanvar oyidan boshlab aylanma soligʻi qaytarilgan taqdirda, siz soliq hisobotini taqdim etasiz va uni hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay toʻlaysiz
.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()