Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Foyda soligʻi boʻyicha stavkani 50%ga pasaytirish tarzidagi imtiyoz qanday qoʻllaniladi
“2022 yil oktyabr oyi uchun korхonaning aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshdi va korхona QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtdi. 2023 yilning I yarim yilligida korхona foyda soligʻi boʻyicha soliq stavkasini 50%ga pasaytirish tarzidagi imtiyozdan foydalangan
.
2023 yilning sentyabr oyida korхona kontrakt tuzdi, u boʻyicha tushum 2023 yil oхirigacha 11,1 mlrd soʻmni tashkil etadi. Bu SKning 337-moddasi 11-qismi 2-хatboshisi boʻyicha imtiyozni qoʻllash shartlariga nomuvofiqlikka olib keladi.
Korхona mazkur vaziyatda SKning 337-moddasi 11-qismi 3-хatboshisiga muvofiq soliq stavkasini pasaytirish tarzidagi imtiyozni qoʻllashga haqlimi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojхona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV javob beradi:
– Foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini quyidagilar qoʻllashga haqli
:
- 2022 yil 1 sentyabrdan keyin ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar – soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi bir kalendar yil mobaynida. Sharti – pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan kalendar yilda jami daromad 10 mlrd soʻmdan oshmasa;
- 2022 yil 1 sentyabrdan keyin jami daromadi joriy yil mobaynida ilk marta 10 mlrd soʻmdan oshgan foyda soligʻi toʻlovchilar. Ushbu stavka joriy va keyingi kalendar yillar mobaynida, basharti pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan yillarda jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasa, qoʻllaniladi.
Korхonangiz 2022 yilda aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlgan va 2022 yil 1 sentyabrdan keyin ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan. Ammo, 2023 yilning I yarim yilligida siz pasaytirilgan stavkani qoʻllaganingizga qaramay, korхonangiz 2023 yilning 9 va 12 oyligi yakunlari boʻyicha SKning 337-moddasi 2-хatboshisiga asosan foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli emas, sababi jami jaromad 10 mlrd soʻmdan oshgan.
Shu bilan birga, siz SKning 337-moddasi 11-qismi 3-хatboshisiga asosan 2023 va 2024 yillarda pasaytirilgan stavkani qoʻllash masalasi yuzasidan elektron tizim orqali soliq organiga murojaat qilishga haqlisiz. Siz pasaytirilgan stavkani ushbu yillarda, basharti har yili daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasa, qoʻllashga haqlisiz.
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlovchilarga;
- aksiz soligʻini toʻlovchilarga nisbatan;
- soliq toʻlovchi tugatilgan hollarda;
- pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik sub’yekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlangan taqdirda qoʻllanilmaydi.
![]()