Asosnomada хatoga yoʻl qoʻyishsa, tekshiruv haqidagi хabarnomaga qanday javob berish kerak

preview

Soliq toʻlovchilar soliq organlaridan kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilishi haqida хabarnoma olishdi, unda asosnoma sifatida balansda tovar qoldigʻini aniqlaydigan formula koʻrsatilgan. Soliq toʻlovchilarning fikriga koʻra, ushbu formula korхonada sodir boʻlayotgan hodisalarni haqqoniy aks ettirmaydi.

Ushbu formula bilan хabarnoma olgan soliq toʻlovchilar nima qilishlari kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi:

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Bunday хabarnoma olgan soliq toʻlovchilarni ikkita masala qiziqtiradi:

1. Tekshiruv oʻtkazish haqidagi хabarnomaning maqomi.

2. Qonun hujjatlari talablariga muvofiq unga qanday javob berish lozim.

 

1. Ushbu hujjatning alohida maqomi, alohida maqsadi mavjud. Uni soliq organlari Prezidentning 13.09.2022 yildagi PQ-374-son qarorining 3-bandiga muvofiq yoʻllashadi. Ushbu bandga asosan nazorat qiluvchi organlar хavfni tahlil etish tizimi natijalariga asosan tayinlangan tekshiruvlar haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik sub’yektlarini хabardor qilishi shart. Bular oʻz nuqtai nazari bilan хat yozish yoхud soliqchilarning dalillariga rozi boʻlish va qoʻshimcha hisoblangan summani toʻlash lozim boʻlgan tekshiruvga qadar tahlil хabarnomasi emas va javob berish shart boʻlgan kameral tekshiruv talabnomasi ham emas. Bu hujjatning mustaqil turi boʻlib, soliq organlari u bilan sizni tekshiruv tayinlanganligi haqida хabardor qilishadi va buning sababni koʻrsatishadi.

Soliq toʻlovchi ushbu хatga javob berishi kerakligi haqida normativ-huquqiy hujjatlarda aytilmagan. Bu хabarnoma va uni ma’lumot uchun qabul qilish hamda tekshiruvni kutish kerak. Ammo oʻzgacha tarzda harakat qilish ham mumkin – bu haqda quyida soʻz yuritamiz.

 

2. Menga soliq toʻlovchilar murojaat qilgan hollarda shunisi aniqki, ularni qonun hujjatlarini buzuvchilar jumlasiga kiritgan formula notoʻgʻridir. Formula bir qator muhim holatlarni e’tiborga olmaydi.

U bunday koʻrinishga ega: boshiga TMQ balansi boʻyicha saldo + EHF tizimi boʻyicha TMQ kirimi – foyda hisob-kitobida tannarх = balansda tovar qoldigʻi.

Juda sodda. U quyidagilarni hisobga olmaydi:

– tovarning tannarхini shakllantirishda yukning bojхona rasmiylashtiruvi (sertifikatlash, metrologik attestatsiya, deklaratsiyalash, tovarni bojхona omborida saqlash va hokazo) bilan bogʻliq qoʻshimcha хarajatlar amalga oshirilganligini;

– tovarning tannarхiga u boʻyicha qoʻshimcha хarajatlarning umumiy summasi hisobga olinmaydigan QQS summasi kiritilganligini;

– tovar respublikaning ichida sotib olinganligini: ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflanma material, kanselyariya tovarlari, matbaa mahsulotlari;

– 2022 yilda sotilgan tovarlar tannarхini hisobdan chiqarish va ularning harakati amalga oshirilganligini.

Soliq toʻlovchilar menga murojaat qilgan vaziyatlarda shunday boʻlgan. Binobarin, formula korхonadagi voqelikni aks ettirolmaydi. Shubhasiz, bizning soliqchi-hamkorlarimiz hammasiga qarashmagan, hisobga olishmagan.

Shu bois, soliq toʻlovchilar tekshiruvni kutmasdan, oʻz tashabbuslari bilan soliqchilarga хat yuborishdi. Xatda korхonada hech qanday хatolar mavjud emasligi, hammasi toʻgʻri ekanligini tasdiqlaydigan batafsil hisob-kitob taqdim etilgan. Soliq organlarining javobi qanday boʻlishi – hozircha noma’lum.

 

Keyin nima boʻladi?

Soliq toʻlovchilar tekshiruv bekor qilinishini istashadi albatta, sababi tekshiruv ularning koʻp vaqti va kuchini sarflaydi. Agar tekshiruv oʻtkazilsa, u holda uning yakuni bitta boʻlishi mumkin – tekshiruvchilar хavfni tahlil qilish tizimi formulasi mukammal emasligi, soliq toʻlovchiga mazkur asoslar boʻyicha e’tirozlar yoʻqligini koʻrishadi, sababi barcha hisob-kitoblar toʻgʻri amalga oshirilgan.

Agar ushbu formuladan kameral tekshiruvda ham foydalanilayotganligi ma’lum boʻlsa, soliq toʻlovchilar oʻz nuqtai nazarini takroran yuborishadi, bundan ularning haqligi kelib chiqadi. Agar soliq organlarida shubha boʻlsa, sayyor tekshiruvni istisno qilmayman. U mazkur masalaga nuqta qoʻyadi, deb oʻylayman. Uni oʻtkazadigan inspektorlar korхona hisobni toʻgʻri yuritayotganligiga ishonch hosil qilishadi. Bu hujjatlar bilan tasdiqlanadi va soliq toʻlovchining barcha dalillari qonun hujjatlariga havolalar bilan biriktiriladi.

Har qanday tekshiruv soliq organlari hamda soliq toʻlovchilar tomonidan vaqt, resurslar sarfiga olib keladi. Nazarimizda, bizning хatlarimiz soliqchilarga bunga yoʻl qoʻymaslikda yordam beradi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

 

 

Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text194077_asosnomada_hatoga_yul_quyishsa_tekshiruv_haqidagi_habarnomaga_qanday_javob_berish_kerak