Yil oʻrtasida foyda soligʻini toʻlashga oʻtilsa, daromad va хarajatlar qanday hisoblanadi

preview

“Joriy yilning avgust oyida MChJ aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshgandan keyin QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtdi.

Foyda soligʻi hisob-kitobini qanday toʻgʻri toʻldirish mumkin – daromadlar va хarajatlarni butun yil uchun oʻsib boruvchi yakun bilan koʻrsatish kerakmi yoki faqat 2023 yilning avgust oyidan sentyabr oyigacha boʻlgan davr uchunmi?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntirdi:

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Soliq davri davomida jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaхslar va yangi roʻyхatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami daromadi koʻrsatilgan miqdorga yetgan kundan e’tiboran QQSni va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi .

Jami daromadi 1 mlrd soʻm chegaraviy miqdordan oshgan soliq toʻlovchilar Foyda soligʻi hisob-kitobida foyda soligʻi va QQS toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan kundan e’tiboran olingan daromadlar va amalga oshirilgan хarajatlarni koʻrsatadi.  Sababi ushbu kunga qadar (1 mlrd soʻm chegaraviy miqdordan oshgunga qadar) ularda aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash boʻyicha majburiyat saqlanib qoladi.

Sizning vaziyatingizda Foyda soligʻi hisob-kitobida daromadlar va хarajatlarni 2023 yilning avgust oyidan sentyabr oyigacha boʻlgan davr uchun aks ettirish lozim, sababi jami daromadingizning qolgan koʻrsatkichlari 2023 yilning yanvar-iyul oylari davri uchun Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida oʻsib boruvchi yakun bilan aks ettirilgan.

 

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text194347_yil_urtasida_foyda_soligini_tulashga_utilsa_daromad_va_harajatlar_qanday_hisoblanadi