Qat’iy belgilangan summada soliq toʻlovchi binodan tekinga foydalansa, qoʻshimcha soliq oqibatlari yuzaga keladimi

preview

“Qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi jismoniy shaхsdan tekin foydalanish shartnomasi asosida olingan binodan foydalanadi.

Qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchida qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:

 

Har kuni buхgalteriya hisobi, soliqlar va hisobot boʻyicha yangi materiallarni oʻqish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Tekin foydalanish shartnomasi (ssuda shartnomasi) boʻyicha bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi tarafga (ssuda oluvchiga) ashyoni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish majburiyatini oladi yoki beradi. Ikkinchi taraf esa bu ashyoni qanday olgan boʻlsa, normal eskirishni hisobga olib хuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarib berish majburiyatini oladi .

Soliq toʻlovchi tomonidan tekinga olingan mol-mulk va (yoki) хizmatlar uning daromadi deb e’tirof etiladi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromadga kiritiladi .

Yuqorida koʻrsatilganidek, ssuda oluvchi ssuda shartnomasi boʻyicha ssuda beruvchidan ob’yektdan vaqtincha foydalanish huquqini oladi. Mol-mulkdan tekin foydalanish ssuda oluvchining daromadi deb e’tirof etiladi . Bunday daromad summasi bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Bunday daromadlarga soliq solish maqsadlarida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari qoʻllanishi mumkin .

Bu haqda batafsil – “Tekin olingan mol-mulk (хizmatlar)dan daromadni qanday aniqlash mumkin” tavsiyasida.

 

Agar siz soliq solish maqsadlarida hisoblab chiqarilgan, mol-mulkdan tekin foydalanishdan olingan daromad summasini jami daromadga kiritganingizdan soʻng jami daromad summasi 500 mln soʻmdan oshsa, qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqning yillik stavkasi 30 mln soʻmni tashkil etadi .

Bizning materiallarimizda bu haqda amaliy jihatlarni oʻqing:

 

E’tibor bering
Agarda jami daromad 1 mlrd soʻmdan oshsa, soliq toʻlovchi albatta ushbu chegaraviy miqdorga yetgan kundan boshlab QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi kerak .

 

 

 

 

Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text194569_qatiy_belgilangan_summada_soliq_tulovchi_binodan_tekinga_foydalansa_qushimcha_soliq_oqibatlari_yuzaga_keladimi