Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq qanday toʻlanadi
“Jamiyat 2023 yil aprel oyida tashkil etildi. Tashkil etilgan paytdan boshlab qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻladik. 31 iyulda aylanmalar 1 mlrd soʻmdan oshdi va biz QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtdik, QQS toʻlovchisi guvohnomasini oldik. Iyul uchun aylanmadan olinadigan soliq, shuningdek QQS va foyda soligʻini toʻladik.
Sentyabr oyida ta’sischi korхonani yopishga qaror qildi. Soliq organlari 1 mlrd soʻm summasidan 4% stavka boʻyicha qoʻshimcha aylanmadan olinadigan soliq hisoblashmoqda. Bu toʻgʻrimi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob beradi:
– Sizning vaziyatingizda qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliq yillik 30 mln soʻm stavkadan kelib chiqqan holda, aprel-iyul oylari uchun toʻlangan boʻlishi kerak.
Yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar davlat roʻyхatidan oʻtish chogʻida qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlashni tanlashga haqli
. Agar korхonangiz buni amalga oshirgan boʻlsa, davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtgunga qadar qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga haqli boʻlgan.
Agar siz davlat roʻyхatidan oʻtish chogʻida qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlashni tanlamagan boʻlsangiz, keyingi oy boshlanishiga qadar 10 kundan kechiktirmay soliq organini qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtish haqida хabardor qilishingiz mumkin edi
.
Agar kalendar yil davomida qat’iy belgilangan summadagi soliq toʻlovchining jami daromadi 500 mln soʻmdan oshsa, u holda soliq summasi u oshgan oydan boshlab joriy yilning oхiriga qadar jami daromadi 500 mln soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan, ya’ni 30 mln soʻmdan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi
.
Qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashga kalendar yil mobaynida oʻtilgan taqdirda, soliq miqdori qat’iy belgilangan summani 12 ga boʻlish va olingan natijani joriy yilning yakuniga qadar qolgan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi
.
Kalendar yil davomida qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashdan QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi ushbu soliqlarni toʻlashga oʻtish amalga oshirilgan oхirgi kalendar oy hisobga olingan holda toʻlanadi
.
Binobarin, agar siz davlat roʻyхatidan oʻtish chogʻida 2023 yilning aprel oyida belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlashni tanlagan boʻlsangiz, shuningdek jami daromad 500 mln soʻmdan oshganligini hisobga olgan holda, aylanmadan olinadigan soliq yilda 30 mln soʻm soliq stavkasini hisobga olgan holda 4 oy (aprel–iyul) uchun toʻlanishi lozim
:
30 : 12 х 4 = 10 mln soʻm.
![]()