Kadastr ma’lumotlariga koʻra mol-mulk soligʻini eng kam qiymat boʻyicha hisob-kitob qilish

preview

«Mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasi 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas (SK 412-m.).

Kadastr pasportining III qismida quyidagilar keltirib oʻtilgan: 1) tashqi chegaralar boʻyicha maydon; 2) umumiy maydon; 3) foydali maydon; 4) qurilish ostidagi maydon.

Soliq bazasini eng kam qiymat boʻyicha hisob-kitob qilishda yuqorida koʻrsatilgan maydonlardan qaysi birini olish kerak?»

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:

 

Har kuni buхgalteriya hisobi, soliqlar va hisobot boʻyicha yangi materiallarni oʻqish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Bino va inshootlar (shu jumladan toʻliq amortizatsiya qilingan) boʻyicha yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas :

  • Toshkent shahrida – 2 500 000 soʻm;
  • Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 1 500 000 soʻm;
  • boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 000 000 soʻm.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va хalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tumanlarda eng kam qiymatga ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.

Koʻchmas mulkning eng kam qiymatidan kelib chiqqan holda mol-mulk soligʻi butun yer uchastkasidan emas, balki binolarning (inshootlarning) maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu maydondan kelib chiqib eng kam qiymat asosida mol-mulk soligʻi summasi aniqlanadi.

Shuningdek, qurilishi tugallanmagan ob’yektga ham mol-mulk soligʻi solinadi. Bunda soliq bazasi 1 kv. metr uchun eng kam qiymatni hisobga olmagan holda, ushbu ob’yektning oʻrtacha yillik qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Hozirgi vaqtda yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq hisoboti kadastr va soliq organida mavjud boʻlgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda avtomatik tarzda shakllantiriladi. Agar soliq hisobotini shakllantirishda aks ettiriladigan binolar (inshootlar) maydoni boʻyicha ma’lumotlar kadastr hujjatlariga muvofiq kelmasa, tegishli oʻzgartirishlarni kiritish uchun kadastr organiga murojaat qiling.

 

 

 

 

Mol-mulk soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash mol mulk soligʻi, soliq hisob kitobi, mulk soliqlari, soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari Mol-mulk soligʻi: kimlar toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi mulklar soliqqa tortiladi va imtiyozlar qanday qoʻllaniladi. Soliq hisoboti, toʻlov muddatlari va kamchiliklar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text195265_kadastr_malumotlariga_kura_mol-mulk_soligini_eng_kam_qiymat_buyicha_hisob-kitob_qilish