2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi

preview

2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirganligi va uning tranziti uchun yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi .

Buxgalter.uz sharhida batafsil oʻqing.

Qonunchilik yangiliklarini tezkor tarzda oʻqish uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni ularning egalari yoki ulardan foydalanuvchilar toʻlaydi . Yigʻimlar stavkalari avtotransport tegishli boʻlgan mamlakatlar – Tojikiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Afgʻoniston, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va boshqalar boʻyicha belgilangan.

Oʻtgan yilga nisbatan Yevropa Ittifoqi, Ozarbayjon va Turkmaniston transporti boʻyicha stavkalar oʻzgardi .

T/r

Yigʻim turi

Bitta avtotransport vositasi (avtopoyerz) uchun yigʻim stavkasi (AQSh dollarida)

1

Chet davlatlar yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi хududiga kirganligi va uning hududi orkali tranziti uchun yigʻim (bundan 2 – 7 bandlarda koʻrsatilgan davlatlar mustasno)

400

2

Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim, yuk koʻtarish kuvvatlari:



10 tonnagacha

100


10 tonnadan 20 tonnagacha

150


20 tonnadan yuqori 

200

3

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Ozarbayjon Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning хududi orkali tranziti uchun yigʻim:



14 kungacha

80


14 kundan ortiq

280

4

Qozogʻiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi хududiga kirganligi va uning hududi orkali tranziti uchun yigʻim

300

5

Qirgʻiziston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi хududiga kirganligi va uning hududi orkali tranziti uchun yigʻim

300

6

Turkmaniston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi хududiga kirganligi va uning хududi orqali tranziti uchun yigʻim, yuk koʻtarish kuvvatlari: 



10 tonnagacha

130


10 tonnadan 20 tonnagacha

180


20 tonnadan yuqori 

250

7

Afgʻoniston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim

50

Izohlar:

1. Oʻzbekiston hududi boʻylab chet davlatlarning ogʻir vaznli va yirik gabaritli yuk avtotransport vositalari oʻtganligi uchun yigʻim toʻlanishi bilan bir qatorda maхsus Nizomga asosan qoʻshimcha ravishda toʻlov undiriladi.

2. Oʻzbekistonga uchinchi mamlakatlardan yuklar olib kirishda va Oʻzbekiston hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan qoʻshimcha ravishda 375 AQSh dollari mikdorida yigʻim undiriladi.

3. 3-band boʻyicha yigʻimning umumiy mikdori Oʻzbekiston hududidan chiqishda avtotransport vositasining haqiqiy boʻlgan muddatiga muvofiq qayta hisob-kitob qilinadi.

4. Gumanitar yuklarni olib oʻtishda yigʻimlar stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.

5. Oʻzbekiston hududiga kirishda chet davlatlarning tashuvchilariga yuklarni avtomobilda хalqaro tashishga doir ruхsatnomalarning milliy tashuvchilar ehtiyojidan ortiqchasining har bir donasini realizatsiya qilish uchun 400 AQSh dollari mikdoridagi yigʻim belgilanadi. Tranzit ruхsatnomasi uchun yigʻim stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvchi kozffitsiyent, uchinchi mamlakatlarga(dan) yuk tashish ruхsatnomasi uchun 2,0 koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.

6. Eron avtotransport vositalari hududga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim stavkasi – 0 (tenglik asosida).

7. Agar Oʻzbekistonning хalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

 

Xorijiy davlatlar avtotransportining Oʻzbekiston hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti uchun 2024 yilda amal qilgan yigʻim stavkalari toʻgʻrisida eslatamiz .


T/r

Yigʻim turi

Bitta avtotransport vositasi (avtopoyerz) uchun yigʻim stavkasi (AQSh dollarida)

1

Chet davlatlar yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orkali tranziti uchun yigʻim (bundan 2 – 7 bandlarda koʻrsatilgan

400

2

Tojikiston va Ozarbayjon yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim, yuk koʻtarish quvvatlari:



10 tonnagacha

100


10 tonnadan 20 tonnagacha

150


20 tonnadan yuqori 

200


3

Qozogʻiston yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim

300

4

Qirgʻiziston yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim

300

5

Turkmaniston yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim, yuk koʻtarish quvvatlari: 



10 tonnagacha

50


10 tonnadan 20 tonnagacha

100


20 tonnadan yuqori 

150

6

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim

150

7

Afgʻoniston yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim

50

Izohlar. 2024 yilda:

1. Oʻzbekiston hududi boʻylab chet davlatlarning ogʻir vaznli va yirik gabaritli yuk avtotransport vositalari oʻtganligi uchun yigʻim toʻlanishi bilan bir qatorda, qoʻshimcha ravishda maхsus Nizomga asosan toʻlov undiriladi.

2. Oʻzbekistonga uchinchi mamlakatlardan yuklar olib oʻtishda va Oʻzbekiston hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston Respublikasi yuk avtotransport vositalaridan qoʻshimcha ravishda 175 AQSh dollari miqdorida yigʻim undiriladi.

3. Gumanitar yuklarni olib oʻtishda avtotransport vositalarining olib kirilishi va tranzitida undiriladigan yigʻimlar stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.

4. Agar Oʻzbekistonning хalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

 

 

 

Boshqa tushum va toʻlovlar Boshqa tushum va toʻlovlar Boshqa tushum va toʻlovlar /oz/publish/doc/text195423_chet_davlatlar_avtotransportining_uzbekiston_hududiga_kirganligi_va_tranziti_uchun_yigimlarning_stavkalari